136
auditoriyalar mavjud. O‘quv auditoriyalari va ma’ruza zallari o‘qitishning zamonaviy
texnik vositalari balan ta’minlangan bo‘lib, talabalarning yuqori darajada bilim olishi
uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Axborot-resurs markazi 250 o‘ringa
mo‘ljallangan 2 qavali binodan iborat bo‘lib, ARMning 1-qavatida o‘quv zali, davriy
matbuot nashrlari va universitet bo‘yicha ma’lumot ayirboshlovchi INFOkiosk
mavjud. 2-qavat esa lokal tarmoqqa ulangan universal
korporativ ARMning
avtomatlashtirilgan tizimi (KARMAT-U) o‘rnatilgan elektron kutubxonadir.
Kutubxonaning umumiy fondi 100 ming kitobdan va 40 ming ta elektron darslikdan
iborat. Mutaxassislar tayyorlashda msahsus labaratoriyalarning zamon talablariga
mos ravishda jixozlanganligi, talabalarning nazariy bilimlari bilan birga amaliy
ko‘nikmalarning shakllanishiga yordam beradi. Mahsus lobaratoriyalarda mutaxassis
fanlardan lobaratoriya mashg‘ulotlari olib boriladi,
talabalar hozirgi zamon
talablariga mos texnika va texnologiyalarni va ularning ishlash prinsplarini amaliy
jixatdan o‘rganib tajriba sinov darslarida ularni qo‘llaydilar.
Mahsus laboratoriya 4 qismdan iborat:
-
ichki yonuv dvigatellar bo‘limi;
-
materiallar tarkibini o‘rganish bo‘limi;
-
mexotronika;
-
robotino;
bu
laboratoriyalarda
mashinasozlik
texnologiyasi,
sanoatda
axborot
texnologiyalari va avtomatik boshqaruv tizimi, qurilish injiiniringi va arxitektura
ta’lim yo‘nalishi talabalari o‘zlarining amaliy mashg‘ulotlarini o‘tadilar. Universitet
tarkibida yuqori ilmiy-texnologik jixatdan jixozlangan TEXNOPARK mavjud bo‘lib,
u ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish, innovatsion mahsulotlar yaratish maqsadlariga xizmat
qiladi.
Texnopark hozirgi kunda zamonning eng qulay va avtomatlash o‘tirilgan
stanoklari bilan ta’minlangan bo‘lib, 2 qismdan iborat:
1.
Mashinasozlik texnoparki;
2.
Injenerlik sesmologiya markazidan iborat.
Amerika, G‘arbiy Evropa, Osiyo mamlakatlaridagi Oliy o‘quv
muassasalarini
moliyalashtirish xususiyatlari
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida oliy ta’lim muassasasi resurslarini
boshqarish – murakkab vazifa. U oliy ta’lim muassasasi aktivlari ko‘rsatkichlari va
baholash tamoyillarini ishlab chiqishni, ularni inventarizatsiyalash, moddiy texnika
negizini
aniq tasavvur etish, oliy o‘quv yurt resurslaridan maqsadli va samarali
foydalanish talab etadi. Faqat davlat tashqi soliq siyosatini hisobga olib byudjetdan
tashqari faoliyat yo‘nalishlari va turlari majmuini boshqarib hamda ular bo‘yicha oliy
ta’lim muassasasining cheklangan resurslarini samarali taqsimlab, shuningdek,
rag‘batlantiruvchi ish hajmini va markazlashtirilgan fondga
qayta investitsiyalash
137
ichki to‘lovlar miqdorini belgilab, oliy ta’lim muassasasi o‘zi tanlagan strategik
rivojlanishiga muvofiq eng yuqori daromadga ega bo‘ladi.
Bu hol ta’lim darajasini oshiradi deb faraz qilinadi, chunki talabalar
universitetlarga ancha yuqori talablar qo‘yadi, oliy ta’lim muassasalari esa o‘z
navbatida ta’lim jarayoniga katta e’tibor qaratadi.
Vaholanki talabalar oliy ta’lim tizimida va keyinchalik o‘z ish haqlari oshishini
kutishlari mumkin, butun bunyoda ular ta’lim xarajatlarini
moliyalash adolatli va
oќilona deb hisoblaydi. O‘rtacha olganda mehnatning ancha yuqori samaradorligini
va umuman aholi daromadi ancha yuqori bo‘lishini ta’minlovchi mehnat resurslari
ta’lim xarajatlari bir qismini xukumat moliyalashi foydasiga ishonchli dalildir.
Amaldagi baxslar xukumat va talabalar (ular ota-onalari)ning adolatli nisbati
xususida boradi.
Ko‘pincha G‘arb mamlakatlarida bu nisbatdagi ulush hozirgi vaqtda talabalar
hisobidan moliyalashni oshirish, xukumat hisobidan kamaytirish tomon o‘zgarmoqda.
Shunday qilib, talabalarni yangi tartibda byudjetdan
moliyalash holati yuzaga
kelmoqda, bu o‘z navbatida ta’lim xarajatlarini tobora kata qismini byudjetdan
qoplashga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: