Strategik menejment



Yüklə 4,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/309
tarix20.11.2023
ölçüsü4,26 Mb.
#162872
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   309
Strategik menejment

Nazorat savollari. 
1.
O’zbekistonda ta’lim tizimining xususiyatlarini izohlab bering. 
2.
Uzluksiz ta’lim tizimining shakllanishi, uning asosiy bosqichlarini tushuntirib 
bering.
3.
“Та’lim to’g’risida”gi qonun va “Каdrlar tayyorlash milliy dasturi” qachon 
qabul qilingan? 
4.
Ta’limda menejmentning o’ziga xos xususiyatlari qanday ? 
5.
Ta’limda strategik boshqarishni ahamiyatini tushuntiring. 
6.
 
Ta’lim tizimini strategik boshqarishda rivojlangan mamlakatlarning tutgan 
yo’li qnday ? 
 
 
Tayanch so’z va iboralar: 
Uzluksiz ta’lim tizimi, maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, 
kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini 
oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim, oiladagi ta’lim va 
mustaqil ravishda ta’lim olish. 
 
 
 


143 
10-MAVZU. TIBBIY XIZMATLAR MENEJMENTI STRATEGIYASI 
Reja: 
 
1.
 
Sog’liqni saqlash tizimi xarajatlarini moliyalashtirish manbalari. 
2.
 
Sog’liqni saqlash tizimi mussasalarini saqlash va rivojlantirishda davlat 
budjetining ahamiyati va ularni boshqarish. 
3.
 
Davlat sog’liqni saqlash muassasalarining tarkibi, ular xarajatlarini 
rejalashtirish va budjetdan moliyalashtirishning xususiyatlari 
4.
 
Xarajatlarni rejalashtirishdagi asosiy ko’rsatkichlar, ularni aniqlash tartibi. 
Turg’un davolash muassasasi xarajatlar smetasini tuzish va boshqarish 
 
1. Sog’liqni saqlash tizimi xarajatlarini moliyalashtirish manbalari 
 
Ma’lumki, tibbiy xizmatlar ancha qimmat turadigan ne’mat bo’lib, har bir kishi 
o’z hayoti davomida iste’mol qilishi mumkin bo’lgan tibbiy xizmatga haq to’lash 
uchun qancha mablag’ yig’ib qo’yish lozimligini avvaldan bilmaydi. Lekin bir guruh 
fuqarolar birlashib, yoki butun bir jamiyat bu maqsadga mo’ljallangan mablag’ni 
jamg’arishi mumkin.
Shu munosabat bilan sog’liqni saqlash tizimini aralash moliyalashtirish shakliga 
o’tish masalasi islohotlarning markazida turgan masala sifatida qaralishi mumkin. 
Ma’lumki, tibbiy xizmatlar bir qator o’ziga xos hususiyatlarga ega. Bular 
quyidagilar: 
 

Tibbiy xizmatlarning ko’pchiligi ijtimoiy ne’mat xisoblanadi, shuningdek, ular 
“tashqi effekt” hususiyatiga ega; 

Tibbiy xizmatlarga bo’lgan ehtiyoj hamda ularning oqibatlari doimo noaniqlik 
bilan bog’liq;

Informatsion asimmetriyaning mavjudligi. 
Mana shu o’ziga xosliklarning mavjudligi davlatning sog’liqni saqlash tizimiga 
aralashuvini taqozo qiladi.
Davlatning sog’liqni saqlash sohasidagi majburiyatlari sifatida quyidagilarni 
aytib o’tish lozim (...-chizma): 

Davlat daromadlari shakllanishining barqarorligini ta’minlash orqali sog’liqni 
saqlash sektori uchun resurslarning mamlakat miqyosida safarbar etilishini 
ta’minlash; 

Turli mulk shakllaridagi tibbiyot muassasalari faoliyatining me’yoriy-huquhiy 
bazasini yaratish; 


144 

Aholiga davlat tomonidan kafolatlangan bazaviy tibbiy xizmatlar paketiga 
kirgan asosiy tibbiy xizmatlarni taqdim etish va ularni moliyalashtirish yuzasidan 
javobgarlik; 

Tibbiy xizmatlarning sifat standartlarini joriy qilish va ularga rioya etilishini 
nazorat qilish; 

Ijtimoiy jihatdan himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga tibbiy xizmatlar 
ko’rsatish va ularni moliyalash va sh.k. 
Jahon tajribasidan shuni kuzatish mumkinki, tibbiy xizmatlarni moliyalash 
xarajatlari bir qancha manbalardan qoplanishi mumkin, ya’ni sog’liqni saqlash 
sektorini moliyalashtirishning asosiy manbalari quyidagilar:
 

Davlat budjeti 

Majburiy ijtimoiy (tibbiy) sug’urta 

Xususiy tibbiy sug’urta 

To’g’ridan-to’g’ri to’lovlar (iste’molchilarning tibbiy xizmatlarni sotib 
olishdagi xarajatlari) 
Moliyalashtirishning har bir manbasi o’ziga xos xususiyatlarga ega, jumladan 
(...-chizma): 

Yüklə 4,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   309




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin