Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 5 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 DOI: 10.24412/2181-1385-2022-5-795-799 SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 797 May, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal risklarni boshqarish usullarini tanlash va qo„llash, risk vaziyatlari va ularni oqibati
xaqida ma‟lumot to„plash va kelajakka tavsiyalar tuzish.
Iqtisoddagi risk omilini aniqlash deganda risk sababini, ya‟ni loyihaga ta‟sir
qila oladigan voqea yoki vaziyatlarni aniqlash tushuniladi hamda riskni
boshqarishdan maqsad eng avvalo riskning oldini olishdir. Qaror qabul qilayotgan
shaxs yuz berishi mumkin bo„lgan noxush voqealarning oqibatini yaqqol tasavvur
etishi kerak. Bu uning keyingi harakatlarini belgilab beradi. Bank boshqaruvi
xodimlari o„z ishlarini amalda joriy qilishlari uchun xatarni oldini olish taktika va
strategiyasini ishlab chiqishlari kerak.
MUHOKAMA VA NATIJALAR Iqtisoddagi risklarni boshqarishdagi asosiy vazifa – amaldagi bozor
kon‟yunkturasiga mos darajada risklarni minimallashtirish, kreditlash xizmatlari
bozorida bank pozitsiyasini minimum saqlab qolishdir. Riskni boshqarishdagi asosiy
yo„llar quyidagilar: risklarni ajratish; risklarni loyiha ishtirokchilari o„rtasida
taqsimlash; moddiy ta‟minotni olish (garov); moliyaviy ta‟minotni olish (kafolat
yoki kafillik); risklarni kredit bo „yicha yuqori foiz stavkasiga ko„chirish; risklarni
venchur kreditlashga qabul qilish; qarzlar bo„yicha yo„qotishlarni qoplash uchun
fondlarni shakllantirish va boshqalar. Bular riskni boshqarish bo„yicha quyidagi ish
yo„nalishlarini talab qiladi: har bir mijoz bo„yicha doimiy monitoring olib borish;
ma‟lum bir mijozning asosiy xo„jalik faoliyatiga aloqador tarmoq holatining doimiy
monitoringini yuritish; kafolatni jalb qilish va tahlil etish; risk uchun kompensatsiya
olish (garov, kafolat va boshqalarni amalga oshirish). Risklarni ajratish deganda
moliyalashtirish manbalarining harakatidagi og„irlikni qarzdorning o „zi bilan
birgalikda boshqa bir necha investorlar o„rtasida bo „linishi tushuniladi. Yirik
qarzdorlarning loyihalarini moliyalashtirishda bu tabiiy, bu amaliyot kichik
tadbirkorlik doirasidagi tadbirkorlar uchun keng tarqalmagan. Bu shu bilan
bog„liqki, so„ralayotgan kreditning chegaralangan summasida investorlar o„rtasida
risklarni taqsimlanishi va nazorati bo„yicha operatsion xarajatlar bank kreditlash
riskini kamaytirishga qilinadigan iqtisodni oshirishi mumkin. Investitsion
kreditlashda risklarni taqsimlash shakllaridan biri kredit bo„yicha kafolatni jalb
qilishdir. Odatda, bu loyiha qiymatining taxminan 50%idan 2/3 qismigacha va kredit
qiymatining 75-80%ini qamrab oladi. Riskni boshqarish choralari va usullarini
tanlash juda muhim bosqich hisoblanadi. Aniq tanlangan usul
doirasida aniq chora-tadbirlarni qo„llash mumkin. Bu bosqich
loyihani amalga oshirishni boshlash haqidagi qarorni qabul