1 7-maruza. Tarmoqli tеxnologiyalar va Internet xizmatlari. Reja
nic.merit.edu. Internet connecetivity (Internet hamjamiyati) fayllari esa
nets.by.country ,
world.list.txt nomlariga ega. Shuning uchun FTP serverlarga katalog va
fayllarda joylashgan ma’lumotlarni topish README (meni o’qi) yoki Index (ko’rsatkich) nomli
fayllar orqali qaralsa, masala ancha oson ko’chadi. Chunki bu fayllarda FTP-server va undagi
kataloglar haqida ma’lumotlar joylashgan bo’ladi. Shuning uchun vaqtni ko’p sarflamaslik
maqsadida avvalo bu fayllarni (INDEX, README) yozib olib o’rganish maqsadga muvofiqdir.
Foydalanuvchida server haqida turli savollar tug’ilsa, unda o’z server administratoriga
posmaster nomi bilan murojaat qilinadi. Masalan, markaziy ma’lumotlar tizimi joylashgan manzil
vs.internic.net nomga
posmaster@vs.inter/nic.net bilan elektron pochtaga murojaat qilinadi.
Fayllar bilan ishlash FTP da fayllar bilan ishlash uchun quyidagi buyruqlar ishlatiladi.
ASCII
Uzatiladigan fayllarga matn sifatida ishlov berilsin.
Binnary
Uzatiladigan fayllarga ikkili fayl sifatida ishlov berilsin.
Cr
Ascii fayllar bilan ishlashda belgilarni o’chirish holatini o’zgartirish.
Hash
Ma’lum qism ma’lumotni uzatilganligi belgisini ko’rsatish (odatda «#»
paydo bo’ladi).
Promt
Guruh fayllarni uzatishda foydalanuvchiga so’rovni ko’rsatish yoki
ko’rsatmaslik.
Status
O’rnatilgan optsiyalarning holatini ko’rsatish.
User
Tizimga kirishini so’ramoq (nom va parol).
Verbose
Foydalanuvchiga keng axborotlarni berish yoki bermaslik holatini
o’rnatish.
Internetda kommunikatsiya xizmat turlari sifatida E-mail (elektron pochta), Telnet, Usenet,
IRClarga to’xtaymiz.
TELNET Telnet dasturi uzoqda joylashgan kompyuter tarmog’iga kirish vositasi bo’lib, shu bilan birga
Internetda mavjud ma’lumotlar bazasiga ham kiradi. U quyidagi buyruq yordamida ishlaydi.
Telnet
xost kompyuter nomi
Misol: telnet ams.org.
Bunda siz Amerika matematika jamiyati xost kompyuteri bilan ulanasiz. Shunday qilib, Telnet
ikki kompyuterni bir-biri bilan bog’lab, ma’lumot olish imkoniyatini beradi. Telnet orqali xost
kompyuter bilan bog’lanilganda, undagi dasturlar avtomatik ravishda ishga tushib ketishi va xost
kompyuterda mavjud turli ma’lumotlar tezgina olinishi mumkin. Telnet dasturi emulyatsiya
qiluvchi dasturdir, ya’ni agar siz klaviaturadan uzoqdagi kompyuterga jo’natilayotgan buyruqlarni
tera boshlasangiz, siz bu buyruqlar bajarilishini natijasini o’z monitor ekraningizda ko’rib, go’yoki
o’z kompyuteringizda ishlayotgandek his qilasiz. Shuning uchun ham kompyuterda ishlash
terminal emulyatsiya qilish deb ataladi.
FTPdan Telnetning asosiy farqi shundan iboratki, FTPda uzoqdagi kompyuterga fayl uzatiladi
yoki undan qabul qilinadi. Telnetda esa uzoqdagi kompyuter bilan bog’lanish natijasi unda mavjud
xizmatlar bilan aniqlanadi.