1 7-maruza. Tarmoqli tеxnologiyalar va Internet xizmatlari. Reja
21 TELNETNING BUYRUQ HOLATI
Telnet orqali ulanilsa, uzoqdagi kompyuter bilan ishlash imokoniyati paydo bo’ladi va siz
uzatadigan buyruqlar uzoqdagi kompyuterda bajariladi. Telnetda buyruq holati va bevosita holatda
ishlash imkoniyati mavjud. Buyruq holatida ishlashning belgisi bo’ladi. Bu holatdan hozir
siz ishlayotgan kompyuter uzoqlashgan kompyuterda ishlayotgan bo’lsa, undan chiqish uchun
Enter bosiladi.
Telnet uzoqlashgan kompyuter bilan bog’lanishi boshqaruvchi buyruqlarga ega.
Telnetning buyruq holatida ishlatiladigan ba’zi bir buy-ruqlarni keltiramiz.
? command
Bu buyruq yordam beruvchi buyruqdir. Agarda command bo’lmasa,
telnetning hamma buyruqlar ro’yxatini chiqaradi. Agarda command
parametr bo’lsa, unda faqat shu buyruqga oid yordamni beradi.
Open
hostname Bu buyruq bo’yicha
hostname ismli kompyuter bilan aloqa bog’laydi.
Hostname sifatida domen nom yoki IP manzil ishlatilishi mumkin.
Close
Bu buyruq yordamida uzoqdagi kompyuter bilan bog’lanish bekor qilinadi.
Agar buyruq satrida xost nom ko’rsatilgan bo’lsa, unda u bilan bog’lanish
seansi yopilishi bilan telnet dan ham chiqadi.
Quit
Bu buyruq joriy bog’lanishni uzadi va telnet dan chiqishga olib keladi.
Status
Bu buyruqni ishlatilishi ekranda telnetning joriy holatini ko’rsatadi. Bunda
uzoqdagi kompyuter nomi ham ekranda paydo bo’ladi.
set escape
Bu buyruq yordamida telnetning buyruq rejimiga o’tishni belgilovchi simvol
almashtirilishi mumkin.
IRC IRC (Internet Relay Chat - Internet orqali gaplashish) -Internetning serverlaridan biri. IRCda
ishlash uchun shunday ismli dastur mavjud aloqa bo’limi (provayder)ga ulanib, biror mavzu
tanlanadi. Bu mavzu bilan doimiy muloqotni ta’minlab turadigan aloqa serveriga ulaniladi. Bunda
o’sha mavzuga oid gaplarni, munozaralarni uchratib, siz ham bu mavzuni muhokamasida
qatnashish imkoniyatiga ega bo’lasiz va sizning fikrlaringiz ham boshqa ishtirokchilarga
etkaziladi. Internet xizmatining ana shunday turi IRC deb ataladi. Hozirda IRC serverlarning bir
qanchasi mavjud bo’lib (DALnet, Efnet va boshqalar), ular tarmoqlarga ulangan. IRC uchun
xizmat qiluvchi dasturlar orasida