1.4. Yaponiyaning rangli metallar resiklingi
Yaponiyaning ikkilamchi rangli metallurgiyasi davlat iqtisodiy statikasida
rangli metallurgiyaning bir tarmog‗i sifatida qaraladi. Bu tarmoq tarkibiga
ikkilamchi metallurgiyadan tashqari ruda xom ashyosidan rangli metall ishlab
chiqarish va rafinirlash (tozalash), ularni prokat qilish, qolipga solib qo‗yish, elektr
o‗tkazuvchilar, kabellar ishlab chiqarish, rangli metallar va ularning
qotishmalaridan turli xil buyumlar yasash kiradi.
41
1983 yil ma‘lumotlariga asosan, bu tarmoqda 571 korxona bo‗lib, ularda
taxminan 12 ming odam xizmat qiladi. Bu korxonalarning asosiy qismini kichik
va o‗rta korxonalar tashkil qiladi (85 % korxonalarda ishlovchilarning soni 30
kishidan oshmaydi). Faqat 13 korxonada ishlovchilar soni 100 tadan oshadi. Bu
korxonalarning beshtasi ikkilamchi xom ashyodan alyuminiy, uchtasi
qo‗rg‗oshin, bittasi ruh, to‗rttasi boshqa rangli metallarni ishlab chiqaradi.
Alyuminiy parchalari va chiqindilarni qayta ishlashga 275 korxona (5,3 ming
kishi), qo‗rg‗oshin parchalari va chiqindilarini qayta ishlashga 113 korxona (1,9
ming kishi), ruh parchalari va chiqindilarini qayta ishlashga 44 korxona (0,9
ming kishi) va boshqa rangli metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlashga
157 korxona (3,4 ming kishi) ixtisoslashgan.
Yaponiyada rangli metallurgiyani sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi o‗tgan
asrning so‗ngi 20-30 yili orasida 3,5 foizdan 2,7 foizgacha kamaydi, tarmoqdagi
band kishilar soni 209 mingdan 182 ming kishiga kamaydi. Ruda xom ashyosini
qayta ishlovchi korxonalar soni 72 tadan 53 taga, ularda band kishilarning soni
34 mingdan 19 ming kishiga kamaydi. Lekin shu bilan bir paytda ikkilamchi rangli
metallurgiyada bandlar soni 25 foizga (3 ming kishiga), bu tarmoqda ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlar 2,2 martaga ortdi. Yil sayin yirik ikkilamchi
metallurgiya korxonalarini soni ko‗paymoqda. Buning asosiy sababi
quyidagilardir:
1) metall parchalari va chiqihdilarini ishlab chiqarish, chetdan ruda xom
ashyosini olib kelishga qaramlikni kamaytiradi;
2) metall parchalari va chiqihdilaridan metallarni ishlab chiqarishda, energiya
xarajatlari bir necha marta kam bo‗ladi;
3) bir qator atrof-muhitni muhofaza qilish muammolarini echadi.
Hozirgi paytda bu tarmoq umumiy ishlab chiqarilayotgan alyuminiyni 78
foizini, qo‗rg‗oshinni 39 foizini, ruhni 30 foizini va boshqa rangli metallarni,
hamda nodir va qimmatbaho metallarni sezilarli darajada ishlab chiqarmoqda. SHu
bilan bir paytda ikkilamchi resurslarni ishlatishda bir qator qiyinchiliklar
uchramoqda:
42
1) metall parchalari va chiqihdilarini qayta ishlash texnologiyasini etarli
darajada takommillashmaganligi;
2) metall parchalari va chiqihdilari resurslar bozorida taklif qiluvchilarni
kamligi;
3) metall parchalari va chiqihdilarini yig‗ish va qayta ishlash takomillashgan
sistemalarini kamligi.
Ko‗pgina mutaxasislarni fikricha, bu tarmoqni rivojlantirishni asosiy omili-bu
tarmoqni davlat o‗z nazoratiga olishi kerakligidir. Ko‗pgina hollarda ishlash
qamrovini kichikligi, foydali ishlab chiqarishni yo‗lga qo‗yishga to‗sqinlik
qilmoqda. Hozirgi kunda ikkilamchi metallarni qayta ishlaydigan korxonalarda,
davlat hissasi 30-50 foiz bo‗lgan korxonalarni qurish loyihalari o‗rganilmoqda. Bu
mablag‗ni bir qismi metall parchalari va chiqihdilarini hosil qilib ishlovchi
korxonalar tomonidan qoplanishi taklif qilinmoqda. Snu bilan birga turli xil
chiqindilar chiqaruvchi va metall parchalari va chiqihdilarini qayta ishlovchi
korxonalarni birlashtirish, chiqindi metall resurslarni hosil qilish va qayta
ishlashni birlashgan sistemalarini tashkil qilish masalalari ko‗rib chiqilmoqda.
«Dova seyko» firmasining «Amagaski» zavodida rangli metallar pirit
kuyindilaridan xlor yordamida uchirish usulida olinadi. Lekin hozirgi kunda pirit
kuyindilarni qayta ishlash bilan bir paytda, turli xil tarkibida mis va ruh bo‗lgan
shlaklar va shlamlar, mahsulotlarni yuvishda hosil bo‗lgan xlorid kislotali
eritmalar, turli tuman tarkibida mis, ruh, temir bo‗lgan xlorid va sulfat kislotali
eritmalar ham qayta ishlanmoqda.
Yaponiyada qora metallurgiya changlaridan rangli metallarni ajratib olish
amaliyoti sezilarli ravishda rivojlandi. Masalan, «Simitomo Metall mayning»
firmasining «Sisako» zavodi yiliga 50 ming tonna shunday changni qayta ishlaydi.
Bunday changlar sirasiga ruhlangan po‗lat parchalari va chiqindilarini qayta
ishlashdan hosil bo‗ladigan changlar ham kiradi. Xom ashyo «qurt» (okatыsh)
bo‗laklari shaklida olib kelinib, koks va ohak bilan aralashtiriladi, so‗ngra, shartli
tegirmonlarda maydalanadi. Quritilgan granulalar yonuvchi mazut bilan
qizdiriladigan, aylanuvchan trubasimon pechga solinadi. Bunda ruhni 85-90 foizi
43
va qo‗rg‗oshinni 70-80 foizi vozgon holida uchiriladi.
Yaponiyada bir tomondan metall olishni manbai, ikkinchi tomondan atrof-
muhitga yuqori havf soluvchi, tarkibida simob bo‗lgan chiqindilarni yig‗ish va
ularni qayta ishlashda etarli muvaffaqiyatlarga erishilgan. Bunday chiqindilar 1974
yildan beri «Nomura kosan» firmasining «Itomuka» zavodida qayta
ishlanmoqda. Bu firma ruda xom ashyosidan simob ishlab chiqarish bo‗yicha ham,
Yaponiyadagi yirik ishlab chiqaruvchilardan hisoblanadi. Hozirgi paytda zavod
yiliga 4 ming tonna ikkilamchi xom ashyoni qayta ishlab taxminan 70 tonna simob
ishlab chiqardi.
«Itomuka» zavodinining asosiy xom ashyolariga shlamlar, zararlangan tuproq,
tarkibida simob bo‗lgan sorbentlar, ishlatilgan uskunalar, zavoddan yaroqsiz holida
chiqqan va ishlash muddatini o‗tab bo‗lgan mahsulotlar (lyuminetsent va simob
lampalar, simob, ishqoriy marganetsli va kumushli galvanik elementlar,
termometrlar,
sarf
qilgichlar,
monometrlar,
ignitronlar,
to‗g‗rilagich
(vыpryamitel)lar va boshqalar), ishlatilgan katalizatorlar, amalgamalar, ishlatilgan
reaktivlar va boshqalar kiradi.
Bu mahsulotlar dastavval qayta ishlashga tayyorlanadi (bir biridan ajratish,
navlarga ajratish, quritish, maydalash, neytrallash, reagentlar bilan ishlov berish),
so‗ngra ko‗p tubli aylanuvchan yoki elektr pechlarida 600-800
0
C haroratda xom
ashyo turiga bog‗liq holda kuydiriladi. Kuydirishdan hosil bo‗lgan qoldiqlar er
tagida, maxsus temirbeton bunkerlarda saqlanadi. Zavoda ishlovchi personalar soni
16 kishini tashkil qiladi.
Yaponiyada hozirgi kunda konserva banka temir-tersaklari va chiqindilaridan
alyuminiy ishlab chiqarish sezilarli ortmoqda. 1971 yilda ularni ishlab chiqarish 33
mln. donani tashkil qilgan bo‗lsa, 1984 yilda 2,6 mlrd. donani tashkil qildi. Hozirgi
kunda bu ko‗rsatkich ikki martadan ziyodga ortgan. Temir-tersak chiqindilarda 1
tonna banka ishlab chiqarishga sarf bo‗lgan energiya, birlamchi xom ashyodan
ishlab chiqarilgan bankaga sarf bo‗lgan energiyaning 4 foizini tashkil qiladi.
Hozirgi paytda bankalarni yig‗ish, jami ishlab chiqarilgan bankalarni 40 foizini
tashkil qilmoqda. 1980 yilda chiqindi banka temir-tersaklaridan 10,8 ming tonna
44
alyuminiy ishlab chiqarildi. Bu banka ishlab chiqarishga sarflagan metallning 30
foizini tashkil qiladi. Bankalarni yig‗ish sistemasiga banka va ichimliklar ishlab
chiqaruvchilar, metallurgik korxonalar, savdo tashkilotlari va shahar hokimligi
kiradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, ikkilamchi metallurgiya
nafaqat O‗zbekistonda, balki rivojlangan xorijiy davlatlarda ham asosiy ishlab
chiqarish tarmoqlariga kirmoqda.
Dostları ilə paylaş: |