40
kengaytirish maqsadida AQSH da xom ashyoni markazlashtirilgan holda yig‗ish
va qayta ishlash imkoniyatlari o‗rganilmoqda. Temir-tersak va ularni chiqindilarini
yig‗adigan kompaniyalar tashkil qilinmoqda, temir-tersaklarni doimiy navlarga
ajratish liniyali mavjud bo‗lgan qabul qilish punktlari ochilmoqda. Faqat o‗tgan
asrning 80-yillarda alyuminiy idishlarni qabul qiladigan punktlar soni 1300 dan
2500 taga etdi.
Ko‗pgina yirik metallarni qayta ishlaydigan korxonalarda, mahsulot tannarhini
arzonlashtiradigan yangi texnologik jarayonlar, qayta ishlash uchun uskunalar
yaratadigan,
ishlab
chiqarish
chiqindilarini
foydalanishga
tiklaydigan
(utilizatsiyalash) masalalari bilan shug‗ullanadigan konstruktorlik byurolari
tashkil qilingan.
Yallig‗ qaytaruvchi pechlarda qayta ishlashda metallarni isrofi juda yuqori
bo‗lganligi sababli induksion tigel va kanalli pechlar keng qo‗llanmoqda.
Avtomobil temir-tersaklaridan metallarni elektro pechli eritish va elektroshlak
qayta eritish natijasida ajratib oladigan yo‗llar ustida ilmiy tadqiqotlar olib
borilmoqda. Kabel temir-tersaklarini qayta ishlashni samarali yo‗li - sovitadigan
agentlar yordamida (-195
С gacha) xom ashyoga ishlov beradigan kriogen
usulidir. Shuningdek, ediruvchi (travilnыy) eritmalarni va oqava suvlarni
gidrometallurgik usul bilan qayta ishlash keng qo‗llanmoqda. Kelajakda ikkilamchi
resurslardan foydalanishni roli ortib borada. AQSH da yuz yillikni so‗ngida
tarkibida rangli metallar bo‗lgan temir-tersaklardan qayta foydalanish 90 foizga
etdi.
Dostları ilə paylaş: