121
5.3. Ikkilamchi cho‘yan temir-tersak va chiqindilarini vagrankada qayta
ishlash
Vagrankaga puflanadigan havoni qizdirish usuli
birinchi marta Rossiyada
1812 yilda ishlatildi. Lekin uzoq yillar davomida bu usul sanoat miqyosida o‗z
tatbiqini topmadi. Bunga sabab - o‗sha paytda sovuq havo puflab ishlaydigan
vagrankalardan olinadigan cho‗yan sifati, talabni qondirar edi, bundan tashqari
mustahkam va ishonchli havo qizdirgich konstruksiyalar yo‗q edi. Faqat o‗tgan
asrning 60-yillaridan boshlab havoni qizdiradigan ishonchli uskunalar yaratildi va
cho‗yan eritishda qizigan havo puflash keng ishlatila boshladi.
123
Havo berilib qizdirish natijasida - quyish sifati yaxshilanadi va isrofgarchilik
kamaytiriladi, hamda vagrankalarni unumdorligi oshiriladi, koksni sarf bo‗lishini
kamaytiradi. Cho‗yan haroratini va koksni sarf bo‗lishini,
havoni qizdirish
haroratiga bog‗liqligi quyidagi 5.3-jadvalda keltirilgan.
5.3-jadval.
Cho‘yan haroratini va koksni sarf bo‘lishini, havoni qizdirish haroratiga
bog‘liqligi
№
Havo
Metall
yuklashdagi koksning
sarfi, %
Novdagi cho‘yanning
o‘rtacha harorati,
o
С
1
Sovuq
16
1415
2
Qizdirilgan
10
1420
3
Qizdirilgan
12
1430
4
Qizdirilgan
14
1445
5
Qizdirilgan
16
1445
Sovuq havo puflab ishlaganda cho‗yanni haroratini 1415
0
C etkazish uchun
16 % koks sarf bo‗ladi. Bu haroratga qizdirilgan havo puflab ishlatilganda 10-12 %
koksni sarf qilib erishish mumkin. Qizdirilgan havo bilan ishlaydigan hamma
vagrankalar qizdirish haroratiga qarab ikki guruhga bo‗linadi: ―issiq‖ havo
puflanadigan (havoning harorati 200-300
0
C) va ―qaynoq‖ havo puflanadigan
(havoni harorati 400-600
0
C).
Issiqlik uzatish usuli bo‗yicha vagranka havo
qizdirgichlari regenerativ
qaytargichli va regenerativ tiklagichli bo‗ladi. Regenerativ tiklagichli qizdirgichlar
- ishlatilgandan keyin ishga yaroqli qilinadi, ya‘ni dastlabki xususiyati tiklangan
bo‗ladi. Vagranka trubasiga o‗rnatiladigan va vagrankaning ruda, flyus, yoqilg‗i
tashlanadigan yuqori qismida paydo bo‗ladigan gaz oqimidan isitiladigan
qaytargichlar keng qo‗llanilmoqda. Chunki bunda
vagrankani yuqori qismidagi
gazlar to‗g‗ridan-to‗g‗ri qaytargichlarga yuboriladi, natijada hech qanday sarf-
harajatsiz va qo‗shimcha mehnatsiz puflanadigan havo qizdiriladi.
124
Maxsus yoqilg‗ilar bilan qizdiriladigan havo qizdirgichli vagrankalar arzon
yoqilg‗i ko‗p bo‗lgan rayonlarda yirik kompleks shaklida qo‗llaniladi. Pechni
kislorod
bilan boyitib, qizitish issiqlikni isrof bo‗lishini va yoqilg‗ini sarfini
kamaytiradi.
Hozirgi vaqtda vagrankada eritish jarayonini jadallashtirish ishlariga kislorod
uch yo‗nalishda yo‗llanilmoqda:
1) vagrankadagi havoni boyitish uchun kislorod havo qirgizgichlaridan yoki
kolosha (vagrankaga solinadigan ruda, flyus va yoqilg‗i) aralashtiriladi.
Bunda
koksni yonish jarayoni tezlashadi va metallni qizdirish jarayoni oshadi. Natijada
cho‗yan komponentlarini kuyishini kamaytiradi, vagranka ishlab chiqarish
unumdorligini oshiradi.
3) cho‗yan aralashmalarini kislorod bilan oksidlanishidan ajralgan issiqlik
hisobiga suyuq vagranka cho‗yani vagranka (kopilniki) g‗aladonida
kerakli
haroratgacha qizdiriladi.
3) vagranka novi (jelob) dan o‗tayotgan cho‗yan kislorod oqimi yuborilib
tozalanadi.
Ko‗rib o‗tilgan yo‗nalishlarda kislorodni sarf bo‗lishi, puflanadigan havoni
kislorod bilan boyitganga qaraganda 4-5 marta kam bo‗ladi. Vagrankada eritishni
jadallashtirish uchun ayrim zavodlarda kalsiy karbid ishlatiladi. CaC
2
2 %
miqdorda ishlatilishi metall haroratini 40-70
0
C oshiradi. Kalsiy karbidining
cho‗yan haroratiga ta‘siri 5.4-jadvalda keltirilgan.
Hozirgi vaqtda cho‗yanni eritishda yuqori kaloriyali yoqilg‗i
vazifasini tabiiy
gaz bajarayapti. Cho‗yanni tabiiy gaz yordamida eritish koks va xohlagan qattiq
yoqilg‗i ishlatib eritishga nisbatan bir qator afzalliklarga ega:
1)
yoqilg‗iga bo‗lgan sarf-harajatlarni kamaytiradi;
2)
eritilgan cho‗yan tarkibidagi oltingugurt miqdori kamayadi;
3)
atrof-muhitga cho‗yan eritish natijasida tarqalayotgan zararli chiqindilar
kamayadi.
Dostları ilə paylaş: