125
5.4-jadval.
Kalsiy karbidining cho‘yan haroratiga ta’siri
Koks sarfi,
%
CaC
2
sarfi, %
Novdagi cho‘yanning
o‘rtacha harorati,
0
S
10
3
1380
12
2
1400
16
2
1420
16
-
1360
Toshkent va Guliston mexanika remont zavodlarida hajmi 2,5 tonna bo‗lgan
gaz bilan ishlaydigan minorali yallig‗ pech shaklidagi vagranka o‗rnatilgan. Gaz
yordamida cho‗yan erituvchi agregatlar xorijiy davlatlarda ham keng tarqalgan va
bunday agregatlarda cho‗yan eritish keng qo‗llanmoqda.
Gaz bilan ishlaydigan turli konstruksiyali vagrankalar mavjud, lekin bularning
faqat uch xili istiqbollidir:
1) vertikal minora shaklidagi pag‗onali vagrankalar (5.2-rasm);
2) tashqi o‗ta qizitish kamerali vagrankalar;
3) quduqsimon shixtada tutashtirgichli va gazlar uchun ikki marta o‗tish joyli
vagranka.
Gazli vagrankalarni ishlash prinsipi kuyidagicha:
1) eritish boshlashdan oldin gorelkadagi gazni yonishi natijasida o‗ta qizdirish
kamerani ichki olovbardosh qoplamasi (futerovka) 1600
0
C
haroratgacha
qizdiriladi;
2) keyin yuqorigi yonish mahsulotlarini sochishga mo‗ljallangan soplolar
orqali tabiiy gaz yuboriladi;
3) pech harorati va pech atmosferasining tarkibi rostlangandan so‗ng,
temir-
tersaklar va flyuslardan tashkil topgan shixta yuklanadi;
126
5.2-rasm. Pog‘onali vagranka pechi:
1-yig‘ilgan cho‘yanni
chiqish tuynugi; 2-quyish; 3-yig‘uvchi; 4-havo purkash
furmasi; 5-havo kollektori; 6-shaxta; 7-yuklash darchasi; 8-uchqun ushlovchi; 9-
truba; 10-yuklash bad‘yasi; 11-qo‘yish kovushi
4) qaynoq gazlar pag‗onalar orqali o‗tib metallni eritadi;
5) erigan metall
tomchi va mayda-mayda qirindi, payraxa shaklida keyingi
pag‗onaga o‗tib pech basseyniga yig‗iladi;
127
6) ikkinchi pag‗onaga katta alanga beriladi va basseyn
ustida qaynoq gazlar
qatlami yuzaga keltiriladi;
7) yomg‗ir shaklida tushayotgan metallarni
yuqori darajada qizdirishga
erishiladi.
Vagrankadan eritish davomida murakkab fizika-kimyoviy jarayonlar yuz
beradi.
Gaz fazasi, qattiq shixta va suyuq metall o‗rtasida ko‗p sonli kimyoviy
jarayonlar yuzaga keladi.
Vagrankani balandligi bo‗yicha besh zonaga bo‗lish mumkin:
I - vagranka shaxtasi (minorasi);
II - erish zonasi;
III - bo‗sh shixta ashyosi (kolosha)ni kamaytirish zonasi;
IV - bo‗sh shixta ashyosi (kolosha)ni kislorodli zonasi;
V - vagranka og‗zi (bo‗g‗zi).
Gazli vagrankalarni asosiy parametrlari (o‗lchamlari) 5.5-jadvalda keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: