O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. U. Samadov, D. B. Xoliqulov. M. S. Saidova


 Temir skrapidan qalay metallini va changdan ruxni



Yüklə 7,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/119
tarix20.11.2023
ölçüsü7,77 Mb.
#163018
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   119
64e07299cd869 Металлар рец (1)

 
5.6. Temir skrapidan qalay metallini va changdan ruxni
ajratib olish
Qalay suyultirilgan nitrat kislota bilan reaksiyaga kirishganida ammiakka 
qadar, konsentrlangan nitrat kislota ta`sirida qaytariladi. Qalay zar suvida juda 
yaxshi eriydi. Amfoter xossaga ega bo`lganligi uchun kuchli ishqorlarda erib 
stanninlarga; ishqorda oksidlovchilar ishtirokida eritilsa kislota tuzlariga aylanadi. 
Qalay o`z birikmalarida 2 va 4 valentli. 2 valentli Qalay birikmalari tez 
oksidlanishi sababli qaytaruvchilar sifatida ishlatiladi. Qalay sulfidlari qolgan 
birikmalari deyarli rangsiz. Qalay kislotalarda ham, ishqorlarda ham eriganida 
vodorod ajralib chiqadi. 
Ikkilamchi Sn ni ishlab chiqarish dunyoda keng miqyosda yo‘lga qo‘yilgan. 
Temirning erish xarorati 1539°C , qalayning erish xarorati esa 231,9°C 
ekanligini hisobga olib tarkibida qalay bo‘lgan temir qirindilarini qizdirish orqali 
ajratib olinadi. Bunda temir qirindilari qizdirilganda birinchi bo‘lib qalay eriydi va 
toza qalay temir qirindilaridan ajratib olinadi.
Agarda ikkilamchi temir qirindilari tarkibida qalay qotishma sifatida kelmay 
toza xolda kelsa temir va qalayning erish temperaturalarining farqliligiga asosan 
ularni termik qizdirish orqali ajratib olish mumkin. 
Tarkibida qalayi bor bronza va latun chiqindilaridan aloxida ajratib olinadi 
so`ng ular tarkibiga qarab yallig` qaytaruvchi pechlarda yoki induksion pechlarda 
eritib olinadi.
Undan so‘ng ikkilamchi chiqindi va lomlardan olingan eritilgan Sn ni tozalab 
olish uchun elektr yoyli pechlarga jo‘natiladi.


138 
5.9-rasm. Qalay quymasi 
Ikkilamchi qalay maxsulotlarini temir qirindilari (skrap) larda asosan qalay 
qotishmalari ko‘rinishida uchraydi (5.9-rasm). Masalan bronza va babbit 
ko‘rinishida. 
Bu qotishmalardan qalayning bir qismi toza Sn sifatida qaytarib olinadi.
Metallik lom va chiqindi ko‘rinishidagi xomashyolar ularning tarkibiga qarab 
qayta ishlanadi.
Ruxning suyuqlanish harorati 419,53°C, qaynash harorati 907°, xona 
haroratidagi zichligi 7,133 g/sm
3
. Rux kimyoviy jihatdan faol metallarga kiradi. 
Kislotalarda yaxshi eriydi. Qizdirilsa, ishqorlarda ham eriydi. Yod va oltingugurt 
bilan xona haroratida birikadi. Qizdirilganda rux faol metallmaslar bilan shiddatli 
reaksiyaga kirishadi. Boshqa metallar bilan rux qotishmalar hosil qiladi. Nam 
havoda ruxning sirti oksid parda bilan qoplanadi (5.10-rasm). 

Yüklə 7,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin