133
Aralashmalar va briketlar
shlak hosil bo‗lishini tezlashtiradi va ayrim
hollarda oldindan tayyorlab qo‗yiladi. Masalan:
plavik shpati bilan ohakni
aralashmasi, boksit bilan ohakni aralashmasi va boshqalar.
Oksidlovchilarni
uglerod va boshqa aralashmalarni oksidlanish jarayonini
tezlatish uchun ishlatiladi (5.7-rasm). Ularni qattiq holda ham (temir rudasi,
aglomerat, temir rudasi onatishlari, prokat kuyindilari), suyuq holda ham (siqilgan
havo, kislorod,
turli tarkibli aralashmalar, masalan: kislorod, suv bug‗i, karbonat
angidrid gazlarining aralashmalari va boshqalar) ishlatish mumkin.
5.7-rasm.Briketlar va oksidlovchilar
Qattiq holdagi oksidlovchilarga qo‗yiladigan talablar:
1) temir
oksidlari miqdorini yuqoriligi;
2) kremnezem miqdorini minimalligi;
3) bo‗laklari yuqori zichlikka ega bo‗lishi.
Gaz holdagi oksidlovchilarga qo‗yiladigan asosiy talab - bu tozalikdir.
Kislorodda azot miqdori minimal bo‗lishi kerak. Kislorodda azotni miqdori 0,5
foizdan kam bo‗lishi (tozaligi 99,5 foizdan yuqori), azot bo‗yicha toza po‗lat
olishni taminlaydi.
5.5. Po‘lat chiqindilarini qayta ishlash va ikkilamchi po‘lat olish
Legirlangan metallarni qirindilari - ikkilamchi po‗lat olish xom ashyolaridan
biri hisoblanadi. Legirlangan metallarni qirindilari - legirlangan po‗lat va
134
qotishmalarni olish uchun eng qimmatbaho xom ashyo hisoblanadi. SHixta
tarkibida legirlangan metallarni qirindilarni ishlatish ferroqotishmalarni va boshqa
legirlangan metallarni iqtisod qilishga olib keladi. Qirindilar
- legirlangan temir-
tersak resurslarini 40 foizini tashkil qiladi, hamda ratsional va to‗la foydalanish
kerak bo‗lgan juda ko‗p miqdorda legirlaydigan elementlarni o‗zida
mujassam
qilgan.
Legirlangan qirindilar va legirlangan metallarni turli xil chiqindilaridan –
legirlangan shixta quymalari (LSHQ) tayyorlanadi. Bu legirlangan shixta
quymalar elektro po‗lat eritish sexlarida eritiladi. LSHQ ga ishlov berish
uskunalariga quyidagilar kiradi:
yoyli elektropechlar, kovshlar, turli xil
konveyerlar (5.8-rasm).
Dostları ilə paylaş: