SJIF 2021:5.5 License type supported CC: Attribution 4.0 International (CC BY 4.0) 18 Iqtisodiy tizimlarning yangi sifatini shakllantirish jarayonining markazida bozor talab
qiladigan jarayonlar yoki mahsulotlar samaradorligini sifat jihatidan o’sishini
ta’minlovchi joriy qilingan yangilik sifatida "innovatsiya" tushunchasi yotadi deb
innovatsiya tushunchasiga ta’rif beriladi.
3
E.I.Alyoxina ta’rificha "innovatsiya - bu korxonaga yangi bozorlarni o’zlashtirish,
ilg’or texnologiyalar va tashkiliy va boshqaruv faoliyatining zamonaviy shakllarini joriy
etish imkonini beradigan yangi mahsulot, xizmat, texnologiyani yaratish yoki
o’zgartirishni o’zida aks ettiradi".
4
2020 yil 24 iyulida qabul qilingan 630-sonli O’zbekiston Respublikasining
Innovatsion faoliyat to’g’risidagi Qonunida “innovatsiyaga fuqarolik muomalasiga
kiritilgan yoki shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalaniladigan, qo’llanilishi amaliyotda katta
ijtimoiy-iqtisodiy samaraga erishishni ta’minlaydigan yangi ishlanma” sifatida ta’rif
bersa, “innovatsion faoliyat — yangi ishlanmalarni tashkil etish, shuningdek ishlab
chiqarish sohasida ularning o’tkazilishi va amalga oshirilishini ta’minlash bo’yicha
faoliyat” deb ta’riflanadi
5
.
Rossiya Federatsiyasining 23.08.1996 yildagi 127-FZ-sonli "Fan va davlat ilmiy-
texnik siyosati to’g’risida" Federal qonunida “Innovatsion faoliyat - innovatsion
loyihalarni amalga oshirishga, shuningdek innovatsion infratuzilmani yaratishga va uning
faoliyatini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan faoliyat (jumladan, ilmiy, texnologik,
tashkiliy, moliyaviy va tijorat faoliyati)” sifatida talqin qilinadi
6
. A.N.Vasilev innovatsion
faoliyatni mahsulotlar, tovarlar, xizmatlar assortimentini kengaytirish va yangilash,
sifatini yaxshilash, ularni ishlab chiqarish texnologiyalarini keyinchalik joriy etish va
samarali joriy etish maqsadida ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar natijalaridan bozorda
foydalanish va tijoratlashtirishga qaratilgan faoliyat turi sifatida ko’radi.
7
B. Tviss fikricha ixtiro yoki yangi g’oyaning iqtisodiy mazmunga ega bo’lish
jarayoni innovatsion faoliyatdir
8
.
Ijtimoiy-iqtisodiy jarayon, ulardan amaliy foydalanish tufayli sifat xususiyatlari
jihatidan maqbul bo’lgan mahsulotlar, texnologiyalar shakllanishiga olib keladi va agar
innovatsiya iqtisodiy natija olish uchun yaratilgan bo’lsa ( foyda), uning bozorda paydo
bo’lishi qo’shimcha daromad keltirishi mumkin deb ta’kidlaydi B. Santo o’z ishida.
9
3
Internet resurslar lug'ati www. .dis.ru.
4
Алёхина Е.И. Инновационная деятельность как элемент стратегического развития предприятия // Эффективное
управление экономикой: проблемы и перспективы: сборник трудов IV Всероссийской научно-практической
конференции; научн. ред. В. М. Ячменева. Симферополь: ИТ АРИАЛ, 2019. С. 362.
5
Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 24.07.2020 й., 03/20/630/1101-сон
6
Fan va davlat ilmiy-texnik siyosati to'g'risida" Federal qonuni (oxirgi nashr) // consultant.ru/document/c
ons_doc_LAW_11507 /(12-qism 21.07.2011 yildagi 254-FZ-son Federal qonuni bilan kiritilgan)
7
Васильев А.Н. Анализ динамики инновационной активности экономики Российской Федерации за 2003 – 2016 годы
// Вестник Волжского университета имени В.Н. Татищева. – 2018. - №1. - т.2. [Электронный ресурс] URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/analiz-dinamiki-innovatsionnoy-aktivnostiekonomiki-rossiyskoy-federatsii-za-2003-2016-
gody
8
Твисс Б. Управление научно-техническими нововведениями: сокр. пер. с англ. авт. предисл
. и науч. ред. К.Ф.
Пузыня. – М.: Экономика, 1989.– 271 с. С. 152
9
Санто Б. Инновация как средство экономического развития: пер. с венг. общ. ред. и вступ. ст. Б.В. Сазонова. М.:
Прогресс, 1990. С 141