SJIF 2021:5.5
License type supported CC: Attribution 4.0 International (CC BY 4.0)
20
xo'jaliklarining ixtiyoriy daromadlari va soliq tushumlari natijasida) va alohida
tarmoqlarning rivojlanishiga hissa qo'shadi.
Innovatsiyani rivojlanishining xususiy biznesga, jamiyatga, umuman davlatga ta'sirining
tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
• hayot sifatini yaxshilash;
• YaMM daromadlari va foydalarining o'sishi;
• aholi daromadlarining o'sishi;
• iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish;
• iqtisodiyotning yangi tarmoqlarini rivojlantirish;
• yangi ish o’rinlarini yaratish imkoniyatlari;
• tengsizlikni kamaytirish;
• kichik va o'rta biznesning o'sish sur'atlarini tezlashtirish.
Zamonaviy rivojlanish bosqichida bu kabi vazifalarni
hal etishni innovatsion
faoliyatni jonlantirishga yo’naltirilgan sharoitlarni yaratmasdan amalga oshirib
bo’lmaydi. Innovatsion iqtisodiyotni qurishda sanoat korxonalari muhim rol o’ynaydi,
ular kelgusi iqtisodiyotni shakllantiruvchi asosiy iqtisodiy natijalarni yaratadi.
Innovatsiyalarni rivojlantirishda asosiy rol fundamental tadqiqotlar olib boradigan,
mutaxassislar
tayyorlaydigan, ilmiy hamkorlik va almashinuv uchun shart-sharoitlarni
ta'minlovchi, yangi kompaniyalarning paydo bo'lishiga hissa qo'shadigan universitetlarga
tegishli.
Ilmiy innovatsiyalarda, qoida tariqasida, fundamental
tadqiqotlar va ilmiy
ta'limini davlat tomonidan moliyalashtiradigan mamlakatlar muvaffaqiyatga erishadi.
Mamlakatimizda yuqori bilim va malakaga ega bo’lgan, raqobatdosh kadrlar
tayyorlash maqsadida oliygohlar soni 141
taga yetkazildi, 26 ta xorijiy oliy ta’lim
muassasasining filiallari ochildi. 2016 yilda respublikamizdagi oliygohlarning soni 77 ta
edi. Qisqa muddatda bu borada qariyb ikki barobar o’sishga erishilgan.
Dostları ilə paylaş: