2. Mavzu: O`qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyaT


faoliyatda yuqori ko`rsatkichlarga erishishni ta`minlay oladigan xususiyatlar



Yüklə 297 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix20.11.2023
ölçüsü297 Kb.
#163198
1   2   3   4   5   6
2 ámaliy

faoliyatda yuqori ko`rsatkichlarga erishishni ta`minlay oladigan xususiyatlar 
ansambli yoki sintezini tushunish lozim. 
3. Pedagogik qobiliyatning asosiy sifatlari va xususiyatlari 
Pedagogik–psixologiyada o`qituvchi qobiliyatining cheklangan turlari yo`q. 
Pedagogik qobiliyat turlari fanning, jamiyatning rivojlanishiga qarab ko`payib va 
o`zgarib turishi mumkin. Falsafada qobiliyat uzoq vaqtgacha “o`zgarmas irsiyat” nasldan 
– naslga o`tuvchi jarayon sifatida talqin etilgan. Olimlarning uzoq yillar olib borgan 
ilmiy-tadqiqotlari va kuzatishlari natijasida 
pedagogik qobiliyatning quyidagi asosiy 
sifatlari
ajratib ko`rsatilgan:
1.
O`z kasbiga muxabbat, o`quvchilarni seva olishi. 
2.
Mutaxassislik fanini mukammal bilishi, unga qiziqishi. 
3.
Pedagogik taktga (odob va go`zallikka) ega bo`lish. 
4.
Bolalar jamoasiga singib keta olish. 
5.
O`z mehnatiga ijodiy yondashish. 
6.
Javobgarlikni his etish. 
7.
Tarbiyaviy bilimlarni egallaganligi. 
O`qituvchi faoliyatidagi pedagogik qobiliyatning o`ziga xos tizimlari mavjud. 
Qobiliyatlar tizimi quyidagi xususiyatlari bilan farq qilinadi: 

asosiy xususiyatlar

tayanch xususiyatlar; 

etakchi xususiyatlar; 

yordamchi xususiyatlar. 
Pedagogik qobiliyatlar faqat pedagogik faoliyatning samarali bo`lishini va shart-
sharoitini ifodalamasdan, balki ko`p jihatdan muvaffaqiyatli ishlashning natijasi hamdir. 
Pedagogik qobiliyatda o`qituvchining o`zaro fikr almashuvi bilan bog`liq xususiyatlari 
asosiy rol o`ynaydi. Quyidagi pedagogik qobiliyatning 
asosiy xususiyatlari
o`qituvchining yuksak pedagogik-psixologik bilimlari natijasida doimiy shakllanib 
boradi: 
Kommunikativ qobiliyat: o`qituvchining pedagogik jamoa va ota-onalar, mahalla 
ahli bilan bo`ladigan o`zaro muloqotida, ularning ruhiy holatlarini tushunish va ularga 
hamdard bo`lish, muloqotga kirishishida pok ko`ngillilik. O`qituvchi bunda psixologik 
bilimlarga ega bo`lishi, muomala madaniyatini muntazam o`zida shakllantirib borishi 
lozim.
Pertseptiv qobiliyat: tashqi olamni va muhitni sezish, idrok etish, ya`ni 
kuzatuvchanlik muhim rol o`ynaydi. O`qituvchining shijoati natijasida rivojlanadi, 
takomillashadi. O`qituvchi o`quvchining psixologiyasini, psixik holatini o`ziga singdirib 
idrok etadi, sinf jamoasining holatiga pedagogik vaziyatiga odilona baho beradi.
Empatik 
qobiliyat: 
bolalarga 
bo`lgan 
muxabbatdan 
kelib 
chiqadigan 
o`quvchilarning his-tuyg`usini, psixologik holatlarini qalbdan his etish, tushunish, idrok 
etish, ularga achinish xususiyatlaridir. 
Ta`lim jarayonini muqobillashtirish qobiliyati: o`qituvchi o`z bilimini o`quvchi ongi 
va tafakkuriga kam kuch sarflash evaziga etkaza olishi, ta`lim va tarbiyada belgilangan 
muddatda maqsadga erishish qobiliyatidir. 
Didaktik qobiliyat: o`quvchilar bilan muloqot qilishda, pedagogikaning ta`lim va 
tarbiyaviy qonuniyatlarini hamda metodlarini chuqur o`zlashtirgan holda samarali dars 


berish qobiliyatidir. Shuningdek, dars pedagogik texnologiyalar asosida jahon 
andozalariga, hozirgi zamon talablariga javob berishi kerak. 
Tashkilotchilik qobiliyati: pedagogik qobiliyatning tarkibiy qismidir. U sinf 
o`quvchilarining o`qituvchi tomonidan turli jamoat ishlariga, to`garaklarga jalb qila 
olishida, sinf jamoasining har bir o`quvchiga faol vaziyatni ta`minlab berishida namoyon 
bo`ladi.
Konstruktiv 
qobiliyat: 
o`qituvchining 
o`quv–tarbiyaviy 
faoliyatni 
puxta 
rejalashtirishi asosida yuzaga keladigan kasbiy pedagogik vaziyat bosqichlarini oldindan
ko`ra olishi. 
Bilish qobiliyati: o`qituvchining o`z fanini va boshqa fanlarni chuqur bilishida
o`zlashtirishi va amaliyotda namoyon etishi. 
Anglash (tushunish) qobiliyati: o`qituvchining ziyrakligi va uddaburonligi, voqea va 
hodisalarni chuqur idrok etib, ularga adolatli munosabatda bo`lishi.
Pedagogik qobiliyatlarning 

Yüklə 297 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin