Evristik
ijodkorlik, jamiyatda ro`y berayotgan kasbiy faoliyatga
oid yangiliklarni
dadil o`zlashtirish va targ`ib qilishni anglatadi, ya`ni uning asosida g`oyalar (farazlar)
hosil qilish jarayonini intensifikatsiya qilish va ularning haqiqatga yaqinligini
(ehtimolligini, ishonchliligini) izchil amalga oshirish va
bunda yangi holatda dadil
harakat qilish qobiliyati, fikrlash jarayoni asosida tafakkurni rivojlantirish kuzatiladi.
Kreativ
ijodkorlikda o`qituvchi ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lgan yangi
nazariyalarni yaratadi, o`z fikrlari va takliflari bilan chiqadi, mohir va tajribali, layoqatli
o`qituvchilargina bunga erishishi mumkin.
Tabiiy anatomik-fiziologik layoqat nishonalari qobiliyatlarning
fiziologik asosini
tashkil etadi. Keyinchalik qobiliyatga aylanadigan layoqat nishonalarining majmui
insonning
iste`dodi
deyiladi.
Insondagi bilish va layoqat nishonalari jarayonlarining yig`indisi, iste`dodining
yuksak cho`qqisi – uning intellektini belgilaydi.
“Intellekt – bu aqlan ish ko`rish,
ratsional fikrlash va hayotiy muammolarni mohirona hal qilishning global qobiliyati”
(Veksler),
ya`ni intellekt insonning atrof muhitga to`liq moslasha olish qobiliyati deb
qaraladi.
Intellektning tarkibiy tuzilishi olimlar tomonidan quyidagicha ta`riflanadi:
Dostları ilə paylaş: