158
tushuntirishadi. Rossiya olimlaridan V.J. Kelle fikriga ko’ra esa, bilimlar asosidagi
raqamli iqtisodiyotning poydevori yangi texnologiyalar va yangi mahsulotlarni
yaratish, loyihalash, ishlab chiqarish va tarqatishda ilm-fanni keng miqyosda
qo’llashdir. A.I. Tatarkinning fikricha, bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyot
sharoitlarida ilmiy-texnik bilimlarning amaliyotda qo’llanilishi natijasida yangi
mahsulot sifatidagi (
mahsulot turi, hizmat turi, texnologiya, tashkiliy usul va
boshqalar
) “
raqamli innovatsiyalar
” hosil bo’lib, ulardan foydalanish iqtisodiy
yoki ijtimoiy samaralarga olib keladi. Ammo raqamli innovatsiyalarni yangi
texnologiya va yangi mahsulotlar sifatida moddiy ishlab chiqarishdagina bo’ladi
deb tushunish xato bo’lar edi. Ular inson faoliyatining istalgan sohasiga mansub
bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham raqamli innovatsiyalarni ularning tarqalishi
va ishlatilishi, ulardan qanday foydalanilishi, yangililik darajasi va boshqalarga
nisbatan ham farqlash mumkin. Shunday qilib, raqamli innovatsion iqtisodiyot
bilimlarni yuqori darajada tashkillashtirish asosida yoki bilimlarga asoslangan
iqtisodiyot sharoitlarida amalga oshiradi. Undan so’ng paydo bo’ladigan raqamli
iqtisodiyot esa ishlab chiqarishning yangi faktori – informatsiyani ajratib olish va
uni keng miqyosda ishlatish bilan bog’liq bo’ladi. Zamonaviy bilimlar va
informatsiyadan foydalanish asosida uyshtiriladigan ijtimoiy ishlab chiqarishning
mahsuloti sifatida yangiliklar kiritish yoki raqamli innovatsiyalar vujudga kelsa,
ularning ishlab chiqarilishi, taqsimlanishi, almashinuvi va iste’moli raqamli
innovatsion iqtisodiyot borligidan darak beradi. Ushbu iqtisodiyot an’anaviy
iqtisodiyotning barcha sektorlarini isloh qilish va rivojlantirish uchun tom
ma’nodagi imkoniyatlar yaratib beradi. Shu jumladan, bu holat depressiv, stagnant
va rivojlanib kelayotgan holatlardagi milliy iqtisodiyotlarga ham tegishlidir.
4
Dostları ilə paylaş: