174
Mablag’lar qaytib bermaslik asosida uzoq muddatga beriladilar, chunki ba’zi
hollarda mablag’larining samaradorligini bilish va tegishli daromad olish
uchun investorlar 3-5 yil kutishlariga to’g’ri keladi;
Investorning moliyalashtirilgan venchur firmani boshqarishda faol ishtiroki
talab qilinadi, chunki investorlar venchur firmaning muvaffaqiyatiga shaxsan
qiziqadilar va shuning uchun mablag’ berish bilangina kifoya qilmaydilar.
Venchur firmalar ikki xil tashkiliy ko’rinishlarda faoliyat ko’rsatishlari
mumkin. Bulardan biri mustaqil venchur firmalar bo’lsa, ikkinchisi yirik
tashkilotlar tarkibida tashkil qilinadigan venchur firmalardir. Yangi mahsulot yoki
hizmat turi yaratish bo’yicha loyiha tanlanganida ikki holat albatta hisobga olinadi:
birinchidan, bu loyihaning maqsadlari va hal qiladigan masalalari asosiy
kompaniyaning an’anaviy faoliyati bilan mos tushmasin – ya’ni, ichki venchurning
asosiy maqsadi - katta daromad keltiradigan yangi innovatsiyalar topish va uni
kompaniya faoliyatiga tadbiq etishdir. Ikkinchidan, yangi g’oyalar tanlanayotganda
ulardan olinishi mumkin bo’lgan iqtisodiy natija sarf-xarajatlarni oqlashdan
tashqari, katta foyda keltiradigan darajada yetarlicha miqdordagi kattalikda bo’lishi
lozim. Texnologik rivojlanishning milliy qadriyatlarini hosil qilishda va ularni
amalga oshirishda davlatning, ilm-fanning hamda biznesning imkoniyatlarini
birlashtirishda foydalanilishi mumkin bo’lgan eng muhim uskunalardan biri
texnologik platformalardir.
Dostları ilə paylaş: