Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


. Elektron tijoratda raqamli iqtisodiyotning roli



Yüklə 5,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/414
tarix20.11.2023
ölçüsü5,77 Mb.
#163352
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   414
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

.
3
. Elektron tijoratda raqamli iqtisodiyotning roli
 
Yangi raqamli mahsulot (
yoki hizmat
)larni hayotga tadbiq qilish bilan 
tugallanadigan hamda bundan ko’ra kengroq miqyosda amalga oshiriladigan 
raqamli innovatsion faoliyatlar bir-biridan farqlanishi zarur. Xozirgi davrda yangi 


166 
bilim va informatsiyani (
yoki raqamli innovatsion faoliyatni
) yaratish jarayonini 
tushunishda bir qancha yondoshuvlar mavjud. Tadbirkorlik yondoshuviga asosan 
raqamli innovatsion faoliyat yangi mahsulotni uning haqidagi g’oya hosil 
bo’lishidan to uning o’zlashtirilishi, ishlab chiqarilishi, sotilishi va tijoriy samara 
olinishigacha bo’lgan jarayon deb tushuniladi. Kreativ-funktsional yondoshuvga 
asosan esa raqamli innovatsion faoliyat samarali ijod faoliyati bo’lib, u yangi 
vositalar yordamida mavjud yoki butunlay yangi maqsadlarga erishish deb 
tushuniladi. Falsafiy yondoshuvga asosan esa raqamli innovatsion faoliyat deb 
fanni, texnikani, iqtisodiyotni, tadbirkorlikni va boshqaruvni birlashtirib, ijobiy 
sinergetik samaraga erisha olinadigan jarayonga tushuniladi. Raqamli innovatsion 
faoliyatning iqtisodiy mohiyatini quyidagi chizmada ifodalangan yangiliklar 
(bilimlar, texnologiyalar, innovatsiyalar
) yaratish jarajonining bir-biri bilan 
bog’liq bo’lgan bosqichlari orqali tushunish mumkin: 
Raqamli innovatsiyalar yaratish ilmiy izlanishlar, tajriba-konstruktorlik 
ishlari va ularning natijalarini hayotga tadbiq qilish kabi yangi raqamli mahsulot 
yaratish va uni o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lgan barcha ishlarni o’ziga qamrab 
olgan jarayondir. Yangiliklar kiritishning (
raqamli innovatsiyalarning
) hayotiy 
tsikli amaliyotga tadbiq qilish bilangina tugamaydi, balki u seriyali va ommaviy 
Ilmiy g’oya 
Tajriba-
konstruktorlik 
ishlanmalari 
Sinov namunasini 
yaratish 
Kam, seriyali 
yoki ommaviy 
ravishda ishlab 
chiqarish 
Yangi 
maxsulotning 
tarqatilishi 


167 
ishlab chiqarish, sotish, raqamli mahsulotni tarqatish va undan foydalanish 
jarayonlarini ham o’z tarkibiga oladi. Ammo ba’zi holatlarda raqamli innovatsion 
mahsulot ommaviy ishlab chiqarishga, almashinuvga va iste’molga 
mo’ljallanmagan bo’lishi ham mumkin. Misol sifatida kosmik, aviatsion, atom 
sanoati mahsulotlari yoki meditsina, yadro fizikasi va boshqa yuqori texnologik 
sohalar uchun ishlab chiqariladigan exklyuziv (
yagona, noyob, bir nushada

raqamli mahsulotlarni keltirish mumkin. Shuni ham aytish kerakki, har qanday 
seriyali va ommaviy ishlab chiqarishni ham innovatsion deb bo’lmaydi, albatta.

Yüklə 5,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   414




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin