169
oshirishda banklar, kompaniylar, tashkilotlar, firmalar va ilmiy markazlar orasidagi
vaqtinchalik kelishuv (
ba’zan halqaro miqyosdagi
) deb tushuntirish mumkin.
Konsortsiumning o’ziga xos
hususiyati shundan iboratki, unga kirayotgan
hamkorlar (
konsortsium maqsadlariga bog’liq bo’lmaganlardan tashqari
)
o’zlarining iqtisodiy va huquqiy mustaqilliklarini saqlab qoladilar. Undan tashqari,
konsortsium vaqtinchalik birlashma bo’lib, qo’yilgan
maqsadlarga erishilganidan
so’ng, o’z faoliyatini tugatadi. Raqamli innovatsion tadbirkorlik tuzilmalarining
eng murakkab ko’rinishlaridan biri, ishlab chiqarish, transport, savdo va banklarni
birlashtiradigan
kontsern
hisoblanadi. Kontsernning ishtirokchilari sifatida
murakkab innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun
kuchlarini birlashtirgan
alohida korxona va tashkilotlar, firmalar, banklar va
investitsion kompaniyalar
bo’lishi mumkin. Yirik korxonalar raqamli innovatsiyalarni o’zlashtirishda
kichiklariga qaraganda quyidagi bir qancha afzalliklarga ega bo’ladilar:
Juda katta moliyaviy mablag’larni jalb qila olish, chunki katta innovatsiyalr
juda katta mablag’lar va zahiralar talab qiladi;
Ko’zda tutilmagan moliyaviy, tashkiliy va boshqacha qiyinchiliklar tug’ilganda,
ularni birgalikda hal qilish imkoniyati;
Ko’p maqsadlarni ko’zlagan holda innovatsiyalarni amalga oshirish imkoniyati;
Turli xil yo’nalishlarga oid olimlar, injener-texnik xodimlar va ixtirochilarni
jalb qila olish imkoniyati;
Halqaro loyihalarda qatnasha olish va natijalarni ham halqaro bozorga olib
chiqa olish;
Bir qancha innovatsion g’oyalarni bir vaqtda amalga oshira olish imkoniyati.
Bularning barchasi birgalikda raqamli innovatsion faoliyatning samaradorligini
bir necha marta oshiradi
(sinergetik effect
). Amaliyotdan ma’lum bo’lishicha, katta
va kichik korxonalarning raqamli innovatsion faoliyati o’zaro bog’liqdir. Masalan,
katta korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan yangi
mahsulotlarni bozorlarga
yetkazib berish, ularni homashyo va ehtiyot qismlar bilan ta’minlash, ularga
hizmat ko’rsatish, ularni ta’mirlash va shunga o’xshash boshqa ishlarni bajarish
uchun kichik korxonalar katta firmalar bilan hamkorlikda
ishlaydilar va natijada
170
ularning o’zaro aloqasi kengayadi hamda mustahkamlanadi. Bu esa o’z navbatida
raqamli innovatsion tadbirkorlik uchun yanada yangi imkoniyatlar yaratadi.
Raqamli innovatsion jarayonning kuchayishi uchun hizmat qiladigan kichik
tashkiliy tuzilmalar ichida eng muhimlari venchur,
injiniring va yangiliklarni
amaliyotga tadbiq qiladigan firmalar hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: