176
vositalarini keng miqyosda jalb qilishdir. Bunday vositalardan biri – insonlarning
ishlab chiqarishdan va boshqa kundalik yumushlardan ajralmagan holda to’laqonli
ta’lim olishiga imkon beradigan raqamli platformalardagi ochiq masofaviy ta’lim
tizimidir (
MOOC
–
massive open online cources – ommaviy ochiq onlayn ta’lim
tizimlari
). Bundan bir necha yillar oldin, ya’ni, 2012 yilning kuzlarida
Stenford
universitetining
ikki professori
Sebastyan Trun
va
Piter Norvig
internetda barcha
istovchilar uchun sun’iy intellect bo’yicha ma’ruzalar tinglashni taklif qilishdi. Bu
ma’ruzalar o’z tarkibiga barcha kerakli materiallarni,
testlarni va yakuniy
imtihonlarni qamrab olgan edi. Mashg’ulotlar esa faqat on-line ko’rinishida tashkil
etilgan edi. Ma’ruzachilar eng ko’pi bilan 2-3 ming talaba ushbu mashg’ulotlarga
qatnashishini rejalashtirgan bo’lsalarda, semester boshida unga dunyoning 200 ta
mamlakatidan 160 ming kishi yozilib bo’lgan edi. Bunga o’xshash masofaviy
ta’lim tizimlari borgan sari murakkablashib va sifati oshib borayotganini
ta’kidlamasdan iloji yo’q. Kun sayin yanada ko’proq tajribali o’qituvchilar va
professorlar o’z ma’ruzalarini boshqalar bemalol foydalanishi uchun
YouTube
va
iTunes
tizimlariga yozib qo’yayaptilar. Ularning ba’zilari, masalan, siyosiy falsafa
bo’yicha
Garvard
professori
Maykl Sendel
o’zining ma’naviyat haqidagi «
Justice
»
deb nomlangan kursini haddan tashqari ommalashib ketgani
tufayli internetdagi
eng mashhur shahslardan biri bo’lib qoldi. Har yili dunyo miqyosidagi eng yaxshi
bilimlarni to’plash va ularni internet orqali barcha foydalanishi uchun tarmoqqa
joylashtirish bo’yicha yangidan-yangi ishlar qilinib,
filantroplar va venchur
tadbirkorlar buning uchun o’nlab million dollar mablag’lar ajratayaptilar. Ularning
birgalikdagi say’i-harakatlari dunyoning istalgan joyida yashovchi insonlarning
zamonaviy va sifatli ta’lim olishlariga sabab bo’lishi kuzatilayapti. Professorlar
Sebast’yan Trun
va
Piter Norvig
larning ta’kidlashlaricha, 2050 yilga kelib, jahon
miqyosida bor-yo’g’i o’ntagina katta
zamonaviy universitetlar qolib, ularda bir
vaqtning o’zida millionlab talabalar o’qitilishiga erishiladi. Tabiiyki,
bunday
biznes unga jalb etilganlarning barchasi uchun ham foydali, ham raqamli
iqtisodiyot uchun kadrlar yetishtirishga katta ahamiyatga ega bo’ladi. Bunga misol
177
sifatida hozirgi paytda real ishlab turgan minglab ta’lim
tizimlari orasidan
quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
Dostları ilə paylaş: