Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma



Yüklə 5,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/414
tarix20.11.2023
ölçüsü5,77 Mb.
#163352
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   414
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

BI Norwegian Business School
dir. 
Massachusets
texnologiya instituti 
media laboratoriyasida ishlab chiqilgan 
Tega
ismli robot o’quvchiga individual 
yondoshuv asosida ta’lim beradi. Ushbu ta’lim muassasasida talabalar ispan tilini 
Tega
roboti bilan birgalikda planshet komp’yuterda o’yinlar vositasida 
o’rganishadi. Ta’lim jarayoni o’qituvchi sifatida emas, balki sinfdosh yoki 
kursdosh bilan birgalikda ta’lim olish ko’rinishida tashkil qilingan. Masofaviy 
ta’limning zamonaviy servislari ham yangi raqamli texnologiyalar vujudga kelishi 
bilan o’zgarib ketmoqda. Masalan, 
Duolingo
servisi chet tillarni o’qitishda o’z 
botini ishlatmoqda. O’quvchi chat-botga savol beradi va javobini tezlik bilan oladi. 
Ammo sun’iy intellektning tezlik bilan rivojlanishi chat-bot bilan va repetitor bilan 
bo’ladigan mashg’ulotlarni o’tmishda qoldirishi mumkin. Chet tillarni o’rganish 
uchun mo’ljallangan 
Parla
dasturi ham sun’iy intellektga asoslangan raqamli 
o’qituvchi yaratishga bo’lgan katta bir qadam deyish mumkin. Undagi ta’lim 
texnologiyasi o’quvchining bilim darajasini tahlil qilgan xolda uning uchun 
individual ta’lim dasturini yaratadi va uni talabaga moslashtiradi. Bu tizimni ishlab 


187 
chiqqanlarning fikricha, to’g’ri va xato savollarni, misol va masalalarning yechich 
tezligini, talabaning qiziqishini hisobga olgan xolda sun’iy intellect dasturi uning 
uchun o’qitishning individual yondoshuvini topa oladi. 
Parla 
va 
Mikrosoft 
kabi 
ta’lim dasturlari yaqin 5-10 yillar ichida mobil o’qituvchilar paydo bo’lishini 
anglatadi. Bu boradagi muammolarni o’rganish jarayonida bir savol tug’ladi: “
Nega 
komp’yuterlar vosidasida o’qitish jarayoni insonlarnikiga qaraganda yaxshi deb 
hisoblash mumkin?
”. Chunku, birinchidan, zamonaviy raqamli information jamiyatda 
aqlli mashinalardan cho’chish hissi borgan sari kamayib bormoqda. Ikkinchidan, 
ko’pchilik mamlakatlarda malakali o’qituvchilar yetishmaydi va bu yetishmovchilikning 
o’rnini iloji boricha tezlik bilan raqamli texnologiyalar vositasida to’ldirish zarur. 

Yüklə 5,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   414




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin