Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma



Yüklə 5,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/414
tarix20.11.2023
ölçüsü5,77 Mb.
#163352
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   414
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

Serious 
Games
deb nomlangan jiddiy komp’yuter o’yinlari tarafdorlari bunday 
o’yinlarning tashqi ko’rinishiga kamroq ahamiyat berib, uning o’yin mexanikasiga 
asos solingan abstract printsiplarga ko’proq e’tibor berish kerakligini uqtiradilar. 
Nimalargadir o’rgatuvchi va nimalardir bo’yicha malaka oshirishga imkon 
beruvchi komp’yuter o’yinlarining ko’zga yaqqol tashlanib turgan afzalliklariga 
qaramasdan, zamonaviy ta’lim tizimida video o’yinlar vositasida o’qitish usulidan 
juda kam miqyosda foydalaniladi. Buning sababi, nafaqat jamiyatning komp’yuter 
o’yinlariga nisbatan salbiy munosabati, ko’pchilik katta mavqega ega va keksa 
yoshdagi pedagog-olimlarning kom’yuter o’yinlari kontseptsiyasini juda yuzaki 
tushunishi (
yoki komp’yuter savodxonligi past darajada ekanligi tufayli umuman 
tushunmasligi
), balki murakkab, mantiqli, chiroyli, qiziqarli va aynan kerakli 
bo’lgan komp’yuter o’yinlarini yaratish uchun juda katta mablag’lar kerakli 
bo’laganligidir. Bu to’siqni muvaffaqiyatli yengib o’tish uchun ishonch, bilim, 
intilish, moliyaviy va tashkiliy baza hamda siyosiy chora-tadbirlar kerak boladi. 


185 
Misol sifatida, zamonaviy komp’yuter o’yinlarining asosiy nazariyotchilaridan biri 
bo’lgan 
Yan Bogost
tomonidan ishlab chiqilgan tijoriy yo’nalishdagi 
Persuasive 
Games
video o’yinini keltirishimiz mumkin. Bunday komp’yuter o’yinlari biznes, 
ommaviy axborot vositalari va nodavlat tashkilotlari buyurtmalari bo’yicha
yaratilgan. 
Yan Bogost
ning o’zi mahsus o’yinlar va hayotga mos bolgan o’yin 
qoidalari yordamida real dunyoning qonun-qoidalari, muammolarini o’rganish 
mumkinligiga va ularning mumkin bo’lgan yechimlari tushuntirila olinishiga 
astoydil ishonadi. U bunga misol sifatida aeroportlarda bagajlarni ko’rib chiqish 
qoidalarining tez-tez o’zgarib turishi anchagina salbiy holatlarga olib kelishi 
mumkinligini bojxona simulyatori deb nomlangan video o’yin yordamida tahlil 
qilib, tushuntirib berishga muvaffaq bo’lgan. 
Endi yangi raqamli texnologiyalarga asoslangan ta’lim tizimi yaqin 
kelajakda maktablarni qanday darajada o’zgartirib yuborishi mumkinligini ko’rib 
chiqamiz. Kelajakda biror bir inson planshet sotib olib va unda sun’iy intellektli 
dasturini joylashtirib olgandan so’ng, o’zining o’qituvchisi bilan muloqot 
qilmasdan ham bilim olishi mumkin bo’ladi. 10-15 yiillardan so’ng, sun’iy 
intellect vositasida oliy ta’lim olish xuddi yozish va o’qishga o’xshab oddiy xol 
bo’lib qoladi. 2017 yilning noyabrida 

Yüklə 5,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   414




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin