9.4. Katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data)texnologiyasi Mutaxassislarning fikrlaricha ko’ra, 2020 yilga kelib, jahon miqyosida
internetga 50 milliard qurilma ulanib, ularning yordamida generatsiya qilinadigan
ma’lumotlar hajmi 44 trillion gigabaytga yetadi. Bunday ma’lumotlarning gigant
oqimlari yoki
Big Data iqtisodiyotning turli segmantlarida – iste’mol bozorlaridan
tortib, heft gaz sohasigacha, meditsinadan tortib, moliyaviy sektorgacha keng
miqyosda ishlatiladi. Shuning uchun
Big Data raqamli milliy iqtisodiyotning
mahsuloti ham, drayveri ham, milliy mulki ham hisoblanishi mumkin.
Big Data texnologiyalarning shiddat bilan rivojlanishi foydalanuvchilarga ma’lumot
himoyasini ta’minlashni, biznesga esa global raqobat sharoitlarida maqsadga
muvofiq bo’lgan rivojlanishni ta’minlab berish bo’yicha alohida yondoshuvlar
ishlab chiqishni talab qiladi. Evrokomissiyaning “
Gorizont 2020 ” deb nomlangan
dasturida
Big Data (
Katta ma’lumotlar ) ga “
Yangi raqamli iqtisodiyotning yonilg’si ” degan nom berilgan. 2017 yilga kelib,
Big Data (
Katta ma’lumotlar ) va
biznes-analitika (
BDA ) bozoridagi dunyo miqyosida yaratilgan daromad miqdori
$150,8 milliardga yetdi.
BDA texnologiyasiga $72 milliard mablag’ni bank
sektori, ishlab chiqarish va xizmatlar sektori va davlat xokimiyati organlari
kiritgan. Yaqin kelajakda
Big Data (
Katta ma’lumotlar ) va biznes-analitika (
BDA )
ni qayta ishlaydigan eng katta bozorlar jumlasiga AQSH davlatini kiritishimiz
mumkin. Ular bunga joriy yilga $88,7 milliard mablag’ sarflashni rejalashtirganlar.
Ikkinchi o’rinnni G’arbiy Evropa mamlakatlari ($36 milliard), uchinchi o’rinnni
esa Osiyo-Tinch Okeani regioni mamlakatlari ($15 milliard) egallaydi.