Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


Airbus kompaniyasi  jihozlarni, robotlarni va mashinalarni bir butun  IoT



Yüklə 5,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə235/414
tarix20.11.2023
ölçüsü5,77 Mb.
#163352
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   414
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

Airbus
kompaniyasi 
jihozlarni, robotlarni va mashinalarni bir butun 
IoT
tarmog’iga birlashtirib, 
kompaniya tashkilotlariga maksimal avtonom rejimda ishlash, samolyotlar 
yig’ishning sifatini oshirish va barcha operatsiyalarni real vaqt rejimida kuzatish 
imkonini berdi. Ammo bu ishning amalga oshirilishi insonlar va mashinalarni 
qo’shimcha va virtual reallik uskunalari vositasida ulash bilan bog’liq bo’lgan 
katta 
harajatlarga 
olib 
keldi. 
Boshqa 
tomondan, 
buyumlar 
interneti 
kontseptsiyasining rivojlanishi regional va global miqyosda mehnat bozorining 


345 
transformatsiyasiga olib keladi. Chunki bunda yangi turdagi hizmatchilarga 
bo’lgan talab ortadi hamda jamiyatdagi bir qancha professional, tashkiliy, 
protsessual va ijtimoiy muammolarni hal qilish zarur bo’ladi. Shuning uchun ham 
IoT rivojlanishiga qarshi bo’lganlar ish joylarining qisqarishini, ishsizlar soni 
k’payishini, ba’zi kasblarning yo’qolib ketishini va ijtimoiy tengsizlik kuchayichini 
asosiy sabablar tariqasida keltiradilar. Buyumlar internetining jamiyat hayotiga 
bo’lgan ta’sirini quyidagi raqamlardan ham yaqqol ko’rib chiqish mumkin: 
IoT
kontseptsiyasining informatsion va telekommunikatsion sohaga ta’siri 33%, 
professional hizmatlarga ta’siri 15%, mediaindustriyaga va o’yin-kulgi 
industriyasiga ta’siri 14%, iste’mol sektoriga ta’siri esa 14% bo’lar ekan. Eng kam 
ta’sir esa energetikaga bo’lishi (4%) ham bashorat qilingan. Buyumlar 
internetining eng ijobiy ta’siri arxitektura va dizaynga, eng salbiy ta’siri esa sotuv 
menejerlariga, ofis menejerlarga va administrativ sohaga bo’lishi kutilayapti. 
Ammo bunda yana bir qancha savollar paydo bo’ladi – ta’lim tizimi bu sohadagi 
malakali mutahassislarni tayyorlashga qodirmi, ishdan bo’shagan kadrlarni nima 
qilish kerak, ularni qanday qilib qayta tayyorlash mumkin, kadrlar tayyorlash va 
qayta tayyorlash dasturlari qanday bo’lishi lozim. IoT korxona va tashkilotlarning 
ma’lumot yig’ish, tahlil qilish va saqlash kabi ishlariga ketadigan harajatlarni 
ancha kamaytiradi, chunki barcha ma’lumotlar datchiklar yordamida yig’iladi, 
qayta ishlanadi va foydalanuvchiga yetkaziladi. Tashkilotni boshqarish tizimida 
IoT
nazorat samaradorligini oshiradi: barcha ma’lumotlar smartfon qurilmalari va 
gadjetlari vositasida barcha ishchi-hizmatchilarga tezkor yetkaziladi. Ammo bunda 
boshqa bir savol ham paydo bo’ladi – bunday total nazorat sharoitida hodimlar 
uchun ishlash qanchalik qulay bo’ladi. Bunday sharoit hodimlarga bo’lgan ruhiy 
bosim kompaniya va ishchilar orasidagi o’zaro ishonchning yo’qolishiga, 
befarqlikning o’sishiga, mehnat munosabatlarida tushunmovchilklarga va 
shaxslararo munosabatlarning chigallashiga olib kelishi mumkin. Bu nafaqat ofisda 
va ishlab chiqarishda ishlaydiganlarga, balki virtual ish joylarida ishlovchilarga va 
frilanserlarga ham tegishi bo’lishi mumkin, chunki ular ham 
IoT
tufayli nazorat 
ostiga tushib qoladilar. Yana shuni ham ta’kidlash lozimki, buyumlar internetining 


346 
rivojlanishi boshqa turdagi texnologiyalar bilan birgalikda insonning o’zini va 
dunyoqarashini ham o’zgartirishga olib keladi. Inson ishtirokisiz muloqot 
qiladigan, turli xildagi ma’lumotlarni yig’adigan va bir biriga uzata oladigan 
hamda yagona tarmoqqa birlashgan buyumlarning barcha sohalarga kirib kelishi 
insonning jamiyatdagi roli, uning uchun qadrli bo’lgan tushunchalarning hamda 
uni ruhiyatini o’zgartirib yuboradi. Shasiy ko’rinishdagi ma’lumotlarning katta 
miqdorda yig’ilishi insonning hayotini qulaylashtiradi, informatsiya va hizmatlarni 
tezkor olishga imkon beradi. Tijorat kompaniyalari esa bundan foydalangan xolda 
haridorlarning talab va istaklarini to’liqroq qondirishga harakat qiladilar. Bu esa 
shaxsiy ma’lumotlarning himoyasi muammosini keltirib chiqaradi. Shu tufayli 
butun dunyo hamjamiyati rivojlanayotgan innovatsion texnologiyalar hamda 
insonning shaxsiy hayotini himoya qilish bilan bog’liq bo’lgan masalalarni hal 
qilshga harakat qilayaptilar. Bunday masalalarni hal qilishning usullaridan biri 
mediasketizm (raqamli sabr qilish) ni tashviq qilishdir. Ya’ni inson bunda yangi 
innovatsion texnologiyalar va elektron tijorat vositalaridan qanday foydalanishni 
o’z hoxishiga ko’ra tanlab olishi mumkin bo’ladi. Shuni juda yaxshi tushunish 
kerakki, buyumlar interneit va texnologizatsiyaning boshqa kontsetsiyalarini 
to’xtatish mumkin emas, bizda faqat proaktiv rejalashtirish, yangi 
texnologiyalarning 
imoniyatlarini 
amalga 
oshira 
oladigan 
uskuna 
va 
mexanizmlarni 
yaratish 
va 
shu 
orqali 
mamlakat 
kompaniyalari 
raqobatbardoshligini oshirish uchun qandaydir vaqt intervali bor xolos.

Yüklə 5,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   414




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin