372
(
Barclays bankining mahsuloti
) to’lov servisi yaratishning tarixi ham
API
ni
ishlatishning saradorligini isbotlab berdi. Moliyaviy sektorda innovatsiyalarning
keng tarqalayotganiga qaramasdan, ko’pchilik banklar extiyotkorlik bilan bu ishga
unchalik qiziqish bildirmayaptilar, chunki, ularda havfsizlik masalalari birinchi
o’rinda turadi – informatsion ochiqlik esa ularga katta havf tug’dirishi mumkin.
Bunday yondoshuv tashqi hurujlarga nisbatan juda yaxshi himoya, ammo
banklarning rivojlanishini ancha chegaralab qo’yishi mumkin. Misol sifatida
Apple
va
Google
ni keltirishimiz mumkin – ular tashki foydalanuvchilar uchun o’z
API-
interfeyslarini ochib berish xolatlari kuzatilgan.
Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, an’anaviy bank xizmatlari va biznes-
modellari internet tizimi paydo bo’lmasdan oldin yaratilgan edi. U davrlardagi
to’lov infratuzilmasi filiallar orqali tarqatiladigan bank mahsulotlari kompleksidan
iborat edi. O’z-o’zidan ma’lumki, bunday xolat zamonaviy raqamli texnologiyalar
asrida insonlar va tashkilotlarning dinamik so’rovlarini to’liq qondira olmaydi.
Shuning uchun ham bir qator mutahassislar tashqi muhitning o’zgarishiga mos
bo’lgan bank va to’lov tizimlari bo’yicha universal takliflar bilan chiqdilar. Bunga
yorqin misol bo’lib, innovatsion g’oyaning jamiyatga qanday foyda keltirishi
mumkinligini ko’rsatgan va al’ternativ moliyaviy texnologiyalar rivojlanishi uchun
poydevor rolini o’ynagan
Dostları ilə paylaş: