374
kompaniya global miqyosda to’lovlar amalga oshirish bilan shug’ullansa,
ularda
qo’shimcha normativ hujjatlar paketi talab qilinadi. Korruptsiyaga qarshi siyosat
doirasida
P2P, P2B
va
B2B
to’lov maydonchalari faoliyati jahonnong barcha
mamlakatlarida qattiq nazorat qilinadi. Pullarni yuvish bo’yicha moliyaviy choralar
ko’rish halqaro tashkiloti (
FATF
) jinoyat yo’li
bilan olingan daromadlarni
legalizatsiya qilishga qarshi jahon standartlarini ishlab chiqqan. Bu tashkilot
Belgiyada joylashgan bo’lib, uning a’zosi 34 mamlakatdir.
FATF
ning 2012 yilda
ishlab chiqqan qoidalar to’plami istalgan halqaro to’lov tizimlari uchun majburiy
talab hisoblanadi. To’lov hizmatlai bo’yicha Evropa
Ittifoqi Direktivalarining
(
PSD
va
PSD 2
) asosiy maqsadi ham umumevropa bozorida hizmatlarga bo’lgan
to’lovlar uchun yagona huquqiy baza yaratishdir. Har bir mamlakatda fintex
hizmatlar ko’rsatuvchi banklar mavjud,
Masalan Britaniyada Barclays,
Germaniyada biw-bank va Fidor, Polshada MBANK,
Ispaniyada Santander,
Kanadada Toronto-Domion, Avstraliyada Westpac Banking va boshqalar. Bu
mamlakatlarda ish yuritmoqchi bo’lganlar biznesni rivojlantirish uchun huddi shu
banklarga murojaat qilishlari maqsadga muvofiqdir, chunki ular qonunchilik bilan
bog’liq muammolarnihal qilishga yordam bera oladilar.
Hozirgi
davrda
respublikamizdagi
ko’pchilik
banklarning
mutahassislari raqamlashtirish va bu yo’nalishda yangi texnologik yechimlar
topish haqida yanada ko’proq fikr yuritmoqdalar.
Mamlakatimizdagi moliyaviy
texnologiyalar bo’yicha tashkilotlar va bu yo’nalishda faoliyatlarini boshlagan
kompaniyalar moliyaviy texnologiyalarni qandaydir katta tavakkalchiklarga ega
bo’lgan bir tajriba sifatida tushunmoqdalar. Shuni uchun ham biz ushbu bo’limda
O’zbekistonda moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirishga nimalar to’siq
bo’layapti va bunday muammolarni hal qilish uchun
nimalar qilmoq zarurligini
o’rganib chiqishga harakat qilamiz. Avvalo shuni aytish kerakki,
respublikamizdagi moliyaviy-texnologik loyihalarning fundamental muammolari
milliy iqtisodiyotdagi umumiy muammolar mavjudligi sababli yuzaga kelayapti.
Busohabo’yichapotentsiyalinvestorlarmamlakatimizdagistartaplargainvestitsiyalarq
ilishgacho’chimoqdalarvapullariningqaytishdanhavotirlanayaptilar.