379
Moliyaviy texnologiyalarni respublikamizda
keng miqyosda rivojlantirsh
uchun to’siq bo’lib turgan faktorlardan biri – bu saha bo’yicha yuqori malakali
professor-o’qituvchilar va kadrlarning yetishmasligidir. Yaxshi mutaxassislar
ko’pchilik xollarda turli-tuman vajlarni ko’satgan
holda chet ellarga ketishga
harakat qiladilar. Qolgan malakali mutaxassislarni esa O’zbekistonda ishlayotgan
chet el kompaniyalari va tashkilotlari ko’proq maosh va yaxshi ish sharoitlari taklif
qilgan holda ishga oladilar. Kichik kompaniyalar va davlat toshkilotlari esa ular
bilan bu yo’nalishda raqobat qila olmaydilar.
Hozirgi kunlarda yaxshi
mutaxassislar uchun ish haqqi ancha katta bo’lgani uchun, startaplar loyihani
amalga oshirish uchun endi ishni boshlagan yosh kadrlarni yoik frilanserlarni ishga
jab etishlari mumkin. Ammo ularning ishlarini nazorat qilish va xatolarini
to’g’rilash uchun juda bo’lmaganda bitta tajribali mutahassisni
jab qilish kerak
bo’ladi. Bunda boshqa muammoga ham duch kelish mumkin – yaxshi dasturchini
tayyorlab bo’lganingizdan so’ng, uni boshqa bir kompaniya ilib ketishi ham
mumkin. Bizningcha mutaxassislari kompaniyada ushlab turish uchun ularga
motivatsion paketlar taklif qilish maqsadga muvofiq bo’ladi. Masalan, ular uchun
aktsiyalar, optsionlar yoki loyihadagi ma’lum bir qism
mulk sifatida berilishi
mumkin. Ba’zi bir ekspertlar fintex-startaplarning muammolari ichida tarmoqni
Markaziy Bank qattiq nazorat qilishi tufayli kelib chiadi deydilar ham. Hozirgi
davrda huddi shu tashkilot bizda bozorning o’rnini egallagan
va shu sababli ham
bizda fintex industriyaning erkin rivojlanishi uchun imkoniyat ancha past darajada.
Yana bir muammo – banklarning ham yangi texnologiyalar yaratishdan cho’chishi,
ya’ni, ular “
Markaziy bank bunga nima der ekan?
”, - deb hadirsiraydilar.
Dostları ilə paylaş: