149
Ushbu usullarda ―nima, agar‖ tahlili, sezgirlik tahlili, maqsadli qidiruv tahlili va
optimizatsion tahlillarga ajratiladi. Maqsadli qidiruv tahlili ―nima, agar‖ tahlili va
sezgirlik tahlili yo‗nalishini o‗zgartiradi. Bitta o‗zgaruvchining o‗zgarishi boshqa
o‗zgaruvchining o‗zgarishiga ta‘sir etishini kuzatish o‗rniga, maqsadli qidiruv tahlil
o‗zgaruvchi uchun maqsadli qiymatni (maqsad) o‗rnatadi va bundan so‗ng maqsadli
miqdorga erishgunga qadar ko‗p marotaba boshqa o‗zgaruvchini o‗zgartirib turadi.
Shunday qilib, maqsadli qidiruv tahlili yechimni topishda muhim usul hisoblanadi.
Optimallashtirish tahlili maqsadli qidiruv tahlilining kengaytirilgan kompleksi
deyiladi.
Optimizatorni
yuklashning
xususiyatlari
. Zarurat bo‗lgan hollarda
optimizatorni qo‗shimcha yuklash mumkin. Ma‘lumki, elektron jadvallarni
kompyuterga o‗rnatganda ushbu murakkab vositalarning zarurligini aniqlash kerak.
Biroq, Excelning barcha instrumentlari kompyuterga to‗liq o‗rnatilganda ham
optimizator Excelning buyruqlari va menyu optsiyalarida paydo bo‗lmasligi mumkin.
Undan foydalanishdan oldin qo‗shimcha chaqirishga to‗g‗ri keladi. Qo‗shimcha
chaqirishda optimizatorni chaqirish buyrug‗i
Dostları ilə paylaş: