№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti


malakaviy va pedagogik amaliyotlar



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/186
tarix20.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#163674
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   186
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

malakaviy va pedagogik amaliyotlar
joy olgan. 
Malakaviy amaliyot
– bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashda
o‘quv-pedagogik jarayonining asosiy qismi hisoblanadi. Malakaviy 
amaliyot namunaviy va ishchi o‘quv rejasiga mos ravishda amalga 
oshiriladi. Malakaviy amaliyotning mazmumni amaliyot turiga qarab,
kafedrada ishlab chiqilgan dasturiga mos bo‘ladi. Malakaviy amaliyot
o‘quv mashg‘ulotlaridan ajralgan holda tashkil etiladi. Malakaviy 
amaliyotni talabalar oliy ta'lim muassasasi bilan shartnoma tuzilgan 
tashkilotlarda o‘tashlari mumkin. Ayrim hollarda bitiruvchi kurs
talabalari o‘zi ishlashni rejalashtirayotgan ta'lim muassasalarida faol 
malakaviy amaliyotni o‘tashlari mumkin. Talabalarning malakaviy 
amaliyotni o‘tash joylari oliy ta'lim muassasasi rektori tomonidan 
chiqarilgan buyruq asosida tashkil etiladi. 
Malakaviy amaliyot maqsadi - bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy 
faoliyatga tayyorlash, olgan bilimlarini amaliyotda sinab ko‘rish,
pedagogik va kasbiy faoliyat ma'suliyatini his etish va o‘z ustida
ishlash ko‘nikmasini shakllantirish, shuningdek, tajribali 
mutaxassislarning ish faoliyatini o‘rganishdan iborat. 
11.2. Dars tiplari. Maxmutov bo‘yicha dars tiplari 
Zamonaviy maktablarda ta'limning tashkil etishning asosiy shakli 
dars hisoblanadi. Dars o‘quvchilarni nafaqat o‘quv-biluv faoliyatini 
samarali tashkillashni, balki o‘quvchilar faoliyatini rivojlantirish 
imkoniyatiga ham ega. 
«Dars—aniq maqsadni ko‘zlab belgilangan vaqtda bir xil 
yoshdagi o‘quvchilar bilan o‘qituvchi rahbarligida olib boriladigan 
mashg‘ulotdir»-deb ta'kidlanadi Sh.Abdullayeva va boshqalarning 
o‘quv qo‘llanmasida. 
O.Roziqov va boshqalar tomonidan yaratilgan “Didaktika” 
darsligida «Bir xil tayyorgarlikka ega, yoshlari teng o‘quvchilarning 
doimiy jamoasi bilan ma'lum xona, tartib, jadval asosida o‘tkaziladigan 
mashg‘ulotga dars deyiladi» —deb ta'kidlanadi. 
Yuqoridagi ta'riflar tahlilidan ko‘rinadiki, darsning mohiyati, 
darsda o‘qituvchi va o‘quvchilarni o‘zaro ta'siri natijasida o‘quvchilar 
bilim, malaka, ko‘nikmalarni o‘zlashtiradi, qobiliyatlari rivojlanadi 
hamda darsda o‘qituvchining pedagogik mahorati shakllanadi. Dars 
ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, uning barcha komponentlari (darsning 


193 
maqsadi, mazmuni, metodi) o‘zaro aloqadordir.
Odatda dars quyidagi ta'lim shakllarini va tegishli didaktik 
vazifalarni hal qilishni o'z ichiga oladi: 
1) uy vazifasini tekshirish va o‘tgan mavzuni takrorlash; 
2) yangi o'quv materialini tushuntirish; 
3) yangi materialni mustahkamlash. 
Ushbu didaktik muammolarni hal qilish ketma-ketligi boshqacha 
bo'lishi mumkin. Kombinatsion (aralash) darsning an'anaviy rejasi 
quyidagi fikrlarni o'z ichiga oladi: 
1) tashkiliy qism; 
2) uy vazifasini tekshirish; 
3) ilgari o'tgan materiallarni so'rsh; 
4) yangi materiallarni o'rganish; 
5) yangi materialni mustahkamlash; 
6) uy vazifasi. 
Har qanday darsning yaratilishi uning maqsadini aniq anglashdan 
boshlanadi. 
Darsning maqsadi. 
Pedagogik faoliyat obyekti bu o‘quvchilar faoliyati hisoblanadi, 
natijasi esa o‘quvchilarni o‘zlashtirganlik darajasidir. Zamonaviy 
maktabda darsning maqsadi aniq bo‘lishi zarur. 
O‘qitishning umumiy nazariyasidan kelib chiqib, ta'lim nazariyasi 
darsga nisbatan bir qancha talablarni ta'riflaydi: 
Maqsadning aniq qo‘yilishi. 
Interfaol metodlardan foydalanish. 
Ta'lim prinsiplariga amal qilish. 


194 
O‘quvchilarda motivni shakllantirish. 
Darsda vaqtdan ratsional foydalanish. 
Dars tipologiyasi — ta'lim nazariyasining murakkab didaktik 
vazifalaridan biridir. Zamonaviy didaktikada darslarni tasniflash uchun 
bir nechta yondashuvlar mavjud, ularning har biri o'ziga xos 
xususiyatga ega. M.A.Danilov, B.P.Yesipov, B.A.Onishuklar dars 
tiplarini didaktik maqsadga ko‘ra asoslaganlar va quyidagi dars tiplarini 
tasviya etganlar: 

kirish darslari; 

o‘quv materiali bilan tanishtirish darslari; 

qonun, qoida, tushunchalarni o‘zlashtirish darslari; 

o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda qo‘llash darslari; 

malakalarni shakllantirish darslari; 

takrorlash va umumlashtirish darslari; 

nazorat darslari; 

aralash darslar. 
I.N.Kazansev darslarni ta'lim metodlarini qo‘llashga ko‘ra 
tiplarga ajratadi. 

ma'ruza-dars, suhbat-dars, ekskursiya-dars, kino-dars, mustaqil 
ishlash darsi. 
M.I.Maxmutov
1
quyidagi dars tiplarini tavsiya etgan: 

Aralash dars; 

Yangi materiallarni o‘rganish darsi; 

Bilimlarni mustahkamlash, ko‘nikma va malakalarni 
shakllantirish darsi; 

Umumlashtirish va tizimlashtirish darsi; 

Bilim, mahorat va ko‘nikmalarni nazorat qilish va tuzatish 
darsiyangi materialni o‘rganish darsi. 
O‘qituvchi dars tipi qanday bo‘lishidan qat'i nazar, dars samarali 
bo‘lishi uchun uni tuzilishi haqida o‘ylashi zarur. 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin