№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/186
tarix20.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#163674
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   186
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

Kurs ishlari.
Kurs ishi talabaning mustaqil ilmiy ishi bo‘lib, 
o‘quv rejasining maxsus va ixtisoslik fanlari bo‘yicha olingan amaliy 
ko‘nikma va tadqiqot natijalarini tanlangan mavzu doirasida aks 
ettirishi hisoblanadi. Kurs ishini yozishda talaba quyidagilarni 
ko‘rsatishi kerak: adabiyotlar bilan ishlash ko‘nikmalari, normativ-
huquqiy va mavzu doirasidagi manbalarni tahlil qila olish va ongli 
xulosalar chiqara olish. Kurs ishini bajarilishini nazorat qilish, kurs ishi 
himoyasini ko‘rib chiqish va tashkil etish kafedra zimmasiga 
yuklatiladi. Talabalarga ilmiy maslahat va uslubiy yordam ko‘rsatish 
uchun kafedra ilmiy rahbar ajratadi, u kurs ishining tayyorlik darajasini 
belgilaydi.Tanlangan mavzu ustida ishlash talabadan tadqiqot 
metodologiyasi, ijodiy fikrlash, bahslashish va taqdimot mantiqi, 
muammoga shaxsiy munosabat, mehnatsevarlik va professionallik 
asoslarini bilishi talab etadi. Kurs ishini yozish jarayoni bir qator o‘zaro 
bog‘liq bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 
1.
Mavzu tanlash va ish rejasini ishlab chiqish. 
2.
Adabiyotlarni to‘plash va o‘rganish. 


190 
3.
Tanlangan mavzu bo‘yicha materiallarni ishlab chiqilgan rejaga 
muvofiq to‘plash va tahlil qilish. 
4.
Asosiy nazariy qoidalar, amaliy xulosalar va tavsiyalarni 
shakllantirish. 
5.
Kurs ishini rasmiylashtirish. 
6.
Ilmiy rahbar tomonidan taqriz berish. 
7.
Kurs ishini himoya qilish.
Pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishi 2-, 3-va 4-kurs 
talabalari psixologik fanlaridan kurs ishlarini bajarish mumkin.
Bitiruv malakaviy ishi
– oliy o‘quv yurti bakalavriatida 
talabalarni o‘qitishnining yakuniy bosqichidir. Bitiruv malakaviy ishida 
talabaning oliy o‘quv yurtida o‘qish davomida to‘plagan barcha nazariy 
va amaliy bilimlari yuzaga chiqadi, talabaning nazariy bilimlar bilan 
qurollanish darajasi, uning olgan bilimlari va ko‘nikmalarini ilmiy-
ishlab chiqarish vazifalarini echishga qay darajada qo‘llay olishi 
namoyon bo‘ladi. Bitiruv malakaviy ishini bajarish talabadan 
universitetda olgan nazariy va amaliy bilimlardan foydalanishni talab 
etadi, talabaning o‘qish davomida olgan bilimlarini umumlashtirishga, 
chuqurlashtirishga va mustahkamlashga, ularni amaliyotga qo‘llashga 
imkon beradi. 
Bitiruv malakaviy ishida aniq bir amaliy vazifani yechish vazifasi 
qo‘yilishi muhimdir. Bitiruv malakaviy ishida bir yoki bir-biri bilan 
bog‘langan bir nechta masalalarni chuqur tadqiq etish va tegishli 
tavsiyalarni ishlab chiqish talabaning muammoni mustaqil ko‘ra bilishi 
va hal eta olishga qodirligini ko‘rsatadi. Bitiruv malakaviy ishining 
sifati uning ilmiyligi, tanlangan mavzuning dolzarbligi, talabaning 
mustaqil ishga ijodiy yondoshish ko‘nikmalarini namoyon qila olishi 
bilan baholanadi. 
Bitiruv malakaviy ishini bajarilish darajasi, sifat va undan ko‘rib 
chiqilgan masalalarning qanday darajada o‘zlashtirilganligiga ko‘ra 
Davlat Attestatsiya komissiyasi bitiruv malakaviy ishi muallifiga 
tegishli ixtisoslikni berish to‘g‘risidagi qaror qabul qiladi. 
Bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayonida talabalar 
quyidagilarga e’tibor berishi lozim: 
- voqelikni o‘rganish va anglashning ilmiy usullaridan boxabar 
bo‘lish; 


191 
- mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar 
mohiyati va mazmunini chuqur anglash, davlatning ta’lim siyosati 
tamoyillari bilan yaqindan tanishish; 
- ta’lim va tarbiya borasida qabul qilingan Prezident farmonlari, 
Vazirlar Mahkamasining qarorlari, me’yoriy-huquqiy hujjatlarni 
o‘rganib chiqish; 
- ilmiy adabiyotlar va boshqa manbalar orqali o‘rganilayotgan 
masalaning mohiyatini chuqur anglab etish
- mustaqil ilmiy-tadqiqotlar olib borish uslubiyoti bilan tanishish; 
- aniq bir muassasa misolida mavzuni ochib berishga xizmat 
qiladigan barcha ma’lumotlarni to‘liq yig‘ish va qayta ishlash; 
- ishda ilmiy-tadqiqot muassasalari tavsiyalari, ilg‘or tajribalar, 
mahalliy va xorijiy adabiyotlardan unumli foydalanish; 
- ishning ilmiy saviyasi yuqori bo‘lishiga, mavzuning yetarlicha 
dolzarbligiga e’tibor berish; 

o‘rganilayotgan masalani aniq ochib berish, ishda 
ko‘chirmachilikka, keraksiz va ortiqcha ma’lumotlardan foydalanishga 
yo‘l qo‘ymaslik; 
- boblar va bo‘limlarning mantiqan bog‘lanishiga e’tibor berish, 
fikrlarni qisqacha bayon etish orqali ishning hajmi ortib ketishiga yo‘l 
qo‘ymaslik; 
- masalani aniq dalillar va raqamlar yordamida tahlil etish, o‘z 
o‘rnida ishning mazmunidan kelib chiqadigan tavsiyalar va xulosalar 
bera olish; 
- tavsiya etilayotgan echimlarning asoslanganligiga va 
samaradorligini baholash mezonlari bo‘lishiga e’tibor berish, ishning
faqatgina faktlarni quruq bayon etishdan iborat bo‘lib qolishiga yo‘l 
qo‘ymaslik; 
- ishda ko‘rgazmali vositalardan, ya’ni jadvallar, chizmalar, 
diagrammalar va grafiklardan unumli foydalanish; 
- mavzu ustida maqsadga yo‘naltirilgan va tizimga solingan ish 
olib borish, bitiruv malakaviy ishini bajarish muddatlariga qat’iy rioya 
etish. 
Bitiruv malakaviy ishida taklif va muloxazalar, xulosalar va 
amalga oshirilgan barcha hisob-kitoblarning to‘g‘riligi va sifati uchun 
talabalar ma’sul hisoblanadilar. 


192 
Pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejalarida 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin