16
predmeti, jumladan pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi o‘quv
predmeti ham o‘ziga ta’luqli bo‘lgan fanning umumiy asoslaridan
iborat bo‘lgan. Bunda fanda tushuncha va kategoriyalarning ko‘pligi,
mazmunan boyligi, qo‘llanish doirasining kengligi bilan o‘quv
predmetidan yuqori turadi. O‘quv predmeti esa ta’lim oluvchilarning
yosh xususiyatlarini, real o‘quv imkoniyatlarini, qiziqishlari asosida
yaratildi. Shuning uchun o‘quv predmetlaridagi ma’lumotlar ham
ilmiylik prinsiplariga asoslangan deb aytish mumkin.
Ilmiylik prinsipida, ilmiy bilimlar, fan asoslarini egallash
jarayonida ta’lim oluvchilarga aqliy qobiliyat, ijodiy tafakkur
rivojlanadi, ilmiy dunyoqarash tarkib topa boradi. Shuning uchun
pedagogika o‘rgatishda o‘qituvchi (talabalar) ilmiylik prinsipini qo‘llar
ekan talabalar diqqatini ilmiy ko‘nikmalar, ularni kuzatishga,
pedagogik voqelikdagi narsa va hodisalarni mohiyatini tahlil qilishga,
aniq xulosalar chiqarishga o‘rgatishi lozim. Bu esa o‘quv fanining ilmiy
mazmunini o‘zlashtirib olishga va kelgusida fanni chuqur egallab, uni
o‘z faoliyatiga keng qo‘llashga yordam beradi.
Pedagogik fanlarni o‘qitishda
nazariya bilan amaliyotning birligi
Dostları ilə paylaş: