№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti


Pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi fani prinsiplari



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/186
tarix20.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#163674
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   186
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

1.4.Pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi fani prinsiplari 
Pedagogik fanlarni o‘qitishning metodikasining prinsiplari o‘quv-
tarbiya jarayonlarining tashkiliy-didaktik asoslariga qo‘yiladigan 
ijtimoiy-pedagogik talablarni, uni boshqarishda rioya qilinadigan 
meyorlar sifatida amal qiladi.
Fikrimizcha, pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishida 
o‘qitish metodikasining prinsiplarini belgilashda quyidagilarga 
asoslanadi:
1) pedagogik fanlar oldida jamiyat ehtiyoji va talablaridan kelib 
chiqqan maqsad va vazifalarni amalga oshirishi yo‘llari; 
2) pedagogik fanlarini o‘qitish qonuniyatlari; 
3) ta’lim muassasalarida pedagogik fanlarni o‘qitishning didaktik-
metodik shart-sharoitlari.
O.Roziqov va boshqa “Didaktika” darsligi mualliflarining 
yozishlaricha “Prinsiplar umumdidaktik kategoriyalar bo‘lib, ular 
ta’limning barcha turlari (individlar, guruh, umumsinf), darajalari 
(boshlang‘ich, o‘rta, professional, oliy), su’ektlari (o‘qituvchilar, 
o‘quvchilar kollektivi) o‘quv-tarbiya jarayonlarining hamma 
komponentlari (ta’limning maqsadi, vazifasi, vositasi, mazmuni, 
metodlari, 
tashkiliy 
shakllari, 
natijalari)ga 
daxldor 
umumiy 
qoidalardir”
1
.
Demak, prinsiplar umuman, jumladan pedagogika va 
psixologiya ta’lim yo‘nalishida o‘qitish metodikasining prinsiplari 
jamiyat ehtiyoj va talablari asosida pedagogika fanining maqsad, 
1
Roziqov O. va boshqalar “Didaktika” darsligi –T.: O‘zR F A “Fan”, 1997, 149-bet.


15 
vazifalariga, o‘qitish qonunlariga, pedagogik fanlarni o‘qitishning 
didaktik-metodik shart-sharoitlariga va nihoyat umumdidaktik 
kategoriya sifatlariga ta’limning turlariga, darajalariga, subektlariga, 
o‘quv-tarbiya jarayonining komponentlariga daxldor qoidalar ekan
pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasini o‘rgatishda ularga avval yaqin 
zaruriy holat hisoblanadi hamda oliy ta’limda ushbu fanni 
o‘rgatuvchilarni barcha barchasi bu prinsiplarni bilishlari lozim degan 
xulosa qilib chiqadi.
Pedagogika adabiyotlarni o‘rganish pedagogika va psixologiya 
ta’lim yo‘nalishida pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi o‘quv 
predmetining quyidagi prinsiplari tizimi mavjudligini asoslashga da’vat 
etdi. 
1.
Ilmiylik prinsipi. 
2.
Pedagogik fanlarni o‘qitishda nazariya va amaliyotning birligi 
prinsipi. 
3.
Pedagogika mazmunini o‘zlashtirishda zamonaviylik va 
milliylik prinsipi.
4.
Pedagogika ma’lumotlarini bayon etishning tushunarliligi, 
izchilligi va tizimliligi prinsipi. 
5.
O‘qituvchi rahbarligida talabalarning ijodiy faolligi, mustaqilligi 
va tashabbuskorligini yo‘lga qo‘yish prinsipi. 
6.
Pedagogik ma’lumotlarni o‘rganishda ta’lim va tarbiya 
mazmunining o‘zaro bog‘liqligi prinsipi. 
7.
O‘qitishda didaktik vositalar majmui prinsipi. 
8.
Pedagogik fanlarni o‘qitishda o‘quv jarayonini maqbullashtirish 
prinsipi. 
9.
Pedagogik fanlarni o‘qitishda qo‘shimcha ma’lumotlarni tanlash 
prinsipi. 
Pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishida pedagogik fanlarni 
o‘qitish 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin