11
Demak, pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi nazariya va
amaliyotning uyg‘unligidir. Metodika pedagogik fanlarni o'qitish
jarayonini tarkibiy qismlarini (o'qitish, o’rgatish, o'rganishning
maqsadi, vazifalari, mazmuni, shakllari, usullari va texnologiyalari)
yaxlit tizim asosida o'rganadi. Metodika pedagogikani o‘qitishning
tamoyillari va qoidalarini, shakl va usullarini asoslashga xizmat qiladi.
Pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasining vazifalari:
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini oshirish
maqsadida fanning maqsadi, vazifalari, mazmuni, pedagogik fanlarni
integratsiyalash yo‘llarini ilmiy asoslarini ishlab chiqish;
pedagogik fanlarni o’qitish jarayoni ular asosida quriladigan
qonuniyatlar va didaktik tamoyillar masalasini hal etish;
o‘quvchi (talaba)larni o‘quv-tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda
bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish maqsadida pedagogik
fanlarni o‘qitishning shakllari, metodlari, usullarini tanlash va
tizimlashtirish;
pedagogik fanlarni o’qitishda to’plangan tajribani o’rganish,
umumlashtirish va tizimlashtirish;
yangi (mualliflik) elementlarni modellashtirish va ularni
pedagogik fanlarni o‘qitish jarayoniga joriy etish;
kasbiy
pedagogik
faoliyatda
bo'lajak
o'qituvchilarning
ijodkorligini rag'batlantirish.
Shuni ta'kidlash kerakki, pedagogik fanlarni o'qitish metodikasi
vazifalari dinamiklik bilan ajralib turadi va vaqti-vaqti bilan tuzatilishi
Dostları ilə paylaş: