16 “Zakovatli zuko” usuli. Mavjud bilimlarni puxta
o‘zlashtirishda taxsil oluvchilarning fikrlash, tafakkur yuritish
layoqatlariga egaliklari muxim axamyatga ega. “Zakovatli zuko”
metodi taxsil oluvchilarda tezkor fikrlash ko‘nikmalarni shakllantirish,
shuningdek,ularning tafakkur tezliklarini aniqlashga yordam beradi.
Metod o‘z xohishlariga ko‘ra shaxsiy imkoniyatlarni sinab ko‘rish
istagida bo‘lgan taxsil oluvchilar uchun qulay imkoniyatlarni yaratadi.
Ular o‘qituvchi tomonidan berilgab savollarga qisqa mudatlarda to‘g‘ri
va aniq javob qaytara olishlari zarur. Savollarning murakablik
darajasiga ko‘ra har bir savolga ko‘tarilgan to‘g‘ri javob uchun ballar
belgilaniladi. Yakuniy ballarning o‘rtacha arifmetik qiymatini toppish
asosida taxsil oluvchilarning tafakkur tezligi aniqlanadi.
Ballarning belgilanishi tahsil oluvchilarning shaxsiy imkoniyatlari
to‘g‘risida aniq tasvurga ega bo‘lishlarini taminlaydi.
Metod tahsil oluvchilar bilan yakka tartibda,guruhli va ommaviy
ishlashda birdek qo‘llanilishi mumkin.
19. “Qarama- qarshi munosabat” usuli. Metod o‘z mohiyatiga
ko‘ra o‘zlashtirilgan bilimlarni tahlil va sintez qilish asosida asosiy
hamda ikkinchi darajali ma’lumotlar sifatida guruhlarga ajratish
imkonini beradi. Metodni qo‘llashda quydagi harakatlar amalga
oshiriladi:
-mavzuning umumiy mazmuni yodga olinib, uning axamyatini
yorutuvchi tayanch tushunchalar aniqlanadi;
-ular muayyan ketma-ketlikda qayt etiladi;
-tushunchalar shaxsiy yondashuv asosida muhim va u qadar muhim
bo‘lmagan tushunchalar tarzida guruhlanadi;
-jadval yaratilib, uning birinchi ustuniga muhim bo‘lgan, ikkinchi
ustunida muhum bo‘lmagan tushunchalar yoziladi;
-kichik guruhlar asosida shaxsiy yondashuvlar muhokama qilinadi;
-jamoaning umumiy fikriga ko‘ra yakuniy xulosani ifoda etuvchi
jadval yaratiladi;
266
Tahsil oluvchilar faoliyatining samaradorligini taminlash uchun
ularning e’tiborlariga quydagi jadvallarni taqdim etish maqsadida
muvofiqdir:
1.
Yakka tartibda ishlash jarayonida foydalanish uchun: