№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/186
tarix20.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#163674
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   186
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

22. “Insert” usuli. 
Bu usul talabalar faolliyatini yuqori darajada 
bo‘lishini taminlash va ta’lim – o‘qish, o‘rganish jarayonida o‘z 
bilimini,aniqlab olingan malumotlarni bilimlar ularga taxlily
yondashib olishlari, ko‘nikmalarni shakllantirish yo‘lga qo‘yiladigan 
usul hisoblanadi. Ma’lumki, ko‘p hollarda o‘quvchi – talabalar mavzu 
matnini, avvalidan oxirigacha o‘qib gap nima haqida borayotganligini
eslay olmasliklari mumkin. Chunki, ularning diqqati matn mazmuniga 
qaratilgan bo‘lib, yoritilayotgan masalalar mazmunini anglash va uni 
kuzatish nazarda tutilmagan bo‘ladi . Bu usulni qo‘llash talaballarni 
faollashtirilishi, ularning mantiqiy fikrlashlarini yo‘lga qo‘yish, anglab 
kuzatgan hodisalarni erkin aytib berishlarni taminlash, yozma va 
og‘zaki nutqlarining yanada rivojlanishi uchun imkon yaratish ishlari 
amalga oshiriladi. 
23. “Qarorlar shajarasi” usuli.
Ushbu usul qiyin va turlicha
murakkablikga ega bo‘lgan fanlardan (murakkab mavzularni 
o‘zlashtirish, ma’lumotlarni tahlil qilish va ular yuzasidan muayyan 
xulosalarga kelish, hamda yakuniy eng to‘g‘ri fikrni toppish maqsadini 
oqilona hal etishga yordam beruvchi usul hisoblanadi. Bu usul bir necha 
ta’lim oluvchilarning to‘g‘ri javoblarini jamlash va baholash imkonini 
beradi. Usul mashg‘ulot jarayonida bildirilgan fikrlardan oqilona qaror 
qabul qilish, javoblarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri jihatlarini tahlil qilish 
orqali amalga oshadi. Mashg‘ulotning boshlang‘ich bosqichida mavzu 
mazmuni bo‘yicha biror muammo belgilab olinadi va o‘quvchilar 


268 
guruhlarga bo‘linadi(har guruh 5-6 kishini tashkil qilishi muhim) 
muammo yuzasidan o‘z javoblarini ya’ni fikrlarini bildiradilar va 
muayyan qarorga keladilar.
Mashg‘ulotda o‘quv-biluv faoliyati quyidagicha bo‘ladi: 
1.Mavzu bo‘yicha muammo belgilanadi. 
2.Talabalar guruhi kichik guruhlarga bo‘linadi. 
3.Vaqt belgilab olinadi. 
4.Guruhlarning javoblari guruhda muhokama qilinadi. 
5.Vaqt tugagach har bir kichik guruh sardori o‘z guruhining savoli 
bo‘yicha qarorini e’lon qiladi. 
6.Javob(fikr)lar muhokama qilinib, yagona qaror qabul qilinadi. 
Xulosa qilib aytganda oliy o‘quv yurtlarida o‘quv fanlarini
ayniqsa, “Pedagogika nazariyasi va tarixi” fanini o‘rganishda yig‘ish, 
ma’lumotlarni tarqatish olib boriladi hamda o‘tmishdagi buyuk 
pedagoglar siymosi teatrlashtirilgan holda namoyish etiladi. 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin