№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti


Pedagogika fanining o‘quv predmeti sifatida rivojlanishi



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/186
tarix20.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#163674
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   186
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

Pedagogika fanining o‘quv predmeti sifatida rivojlanishi. 
XX asrdan boshlab sobiq sho‘rolar davrida pedagogika fani 
mamlakatda maktab ta’limni rivojlantiruvchi o‘quv predmeti sifatida 
pedagogika institutlari, universitetlarda, o‘qituvchi-tarbiyachilarni 
tayyorlaydigan o‘rta maxsus bilim yurtlarida jamiyat ma’naviy hayotini 
yuksaltiruvchi va yangi insonni shakllantirishga xizmat qiluvchi fan 
sifatida o‘qitila boshlandi. Chunki, bu davrda yangi sovet tizimi degan 
mamlakat xalq ta’limini qaytadan qurish va pedagogika xalq ta’limi 
tizimida faoliyat ko‘rsatuvchilarning ish mazmunini belgilaydigan fan 
bo‘lishi lozimligi mamlakat rahbariyati tomonidan belgilab berilgan 
edi. Chunki, bunda yoshlarni va kattalarni yangi jamiyat hayotida 
tayyorlashda xalq ta’limining maktab va unga yaqin bo‘lgan bog‘cha, 
maktabdan tashqari ta’lim-tarbiya muassasalari kabi zvenolari asosiy 
o‘rinni egallashlari lozim edi.
Shunga asosan pedagogika fani ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil 
etishi va amalga oshirishni o‘rganuvchi o‘quv predmeti sifatida 
rivojlandi. Bunday sharoitda qayd etilgan xalq ta’limi muassasalari 
talablariga javob beruvchi va ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yishga 
ko‘maklashuvchi o‘quv adabiyotlarini tayyorlash zarur bo‘lib qoldi va 
o‘sha davrda xalq komissalari 
 
kengashi 1921-yilning
avgustida o‘quv 
darsliklarini yaratish tartibi haqida qaror qabul qildi. Bu esa 
mamlakatda pedagogika o‘quv fanini yaratish uchun muhim turtki 
bo‘ldi. 1922-1925-yillarda pedagogika fanining turli yo‘nalishlari 
bo‘yicha, o‘ziga pedagogik g‘oyalarni ifodalagan kitoblar nashr etildi. 
Bular jumlasiga, P.P.Blonskiyning “Pedagogika” (1922), “Pedagogika 
asoslari” (1925), A.P.Pikkevichning “Zamonaviy maktabning asosiy 
muammolari”, 
“Pedagogikadan 
olti 
ma’ruza” 
(1924), 


38 
M.S.Grigorevskiyning “Pedagogikaga kirish” (1925) kabilar kiradi. Bu 
pedagogik adabiyotlar o‘zlarining muayyan kamchiliklari mavjudligiga 
qaramasdan pedagogikaning yangi yo‘llarini aks ettira oldi. 
Pedagogika fanining shakllanishida 1927-1930-yillarda sobiq 
sho‘rolar davrida o‘tkazilgan pedagogik g‘oyalar munozaralari muhim 
ahamiyat kasb etdi. Bunday munozaralarga A.T.Kalashnikov, 
L.P.Blonskiy, A.P.Pinkevichlar faol ishtirok etdilar. Pedagoglar va xalq 
ta’limi xodimlarining bunday munozaralari sovet pedagogikasi deb 
nomlangan fanning rivojlanishiga hamda pedagogikaning o‘quv 
predmeti sifatida mazmunini aniqlashga katta yordam berdi. 1930-yilda 
VKP (B)ning “Boshlang‘ich majburiy ta’limni” mamlakatda joriy 
qilish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingandan so‘ng boshlang‘ich 
maktablar uchun qisqa muddatli pedagogik kadrlarni tayyorlash kurslar 
ochilishi munosabati bilan pedagogika texnikumlari uchun V.N.Popov, 
A.T.Volner, A.T.Zenkolarning “Pedagoglar” darsligi (qisqa mudatli 
pedagog kadrlarni tayyorlash uchun, 1931) P.N.Shinebriyovning 
pedagogika texnikumlari uchun “Pedagogika” darsligi (1934) va 
M.M.Pisyorakning oliy pedagogika o‘quv yurtlari uchun “Pedagogika” 
darsligi (1934) nashr etildi va ta’lim muassasalarida o‘qitish boshlandi. 
Pedagogikaning pedagogik kadrlar tayyorlovchi (universitetlar, 
institutlar, texnikumlar) o‘quv yurtlarida tarbiya, ta’lim, ma’lumot 
o‘quv predmeti sifatida o‘qitilishi XX asrning 50-80-yillarida 
mukammal rivojlandi. Bu davrlarda vatanimiz sho‘rolar hukumati 
tarkibida o‘quv yurtlarida bu o‘quv fanlaridan foydalandilar. Bular 
sirasiga S.A.Suxoamlinskiyning “Yosh avlodning axloqiy tarbiyasi” 
(1967), Danilov M.A. va Esipov B.P. “Didaktika” (1957 B.P.Esipov 
tahriri 
ostida), 
G.I.Shukinaning 
“Pedagogika” 
(1966), 
I.T.Ogoradnikovning 
“Pedagogika” 
(1968), 
T.A.Ilinaning 
“Pedagogika” (1969), N.I.Boldirov va boshqalarning “Pedagogika” 
(1968), M.V.Savinning “Pedagogika” (Pedagogika texnikumlari uchun 
1978), N.A.Sorokinning “Didaktika” (1974) “Дидактика средней 
школы” (M.A. Danilov va M.N. Satkinlar 1975) “Педагогика: 
Учебний пособий для педучилищ” (S.P.Baranov, A.R.Bolotina, 
T.V.Volinova, V.A.Selastinin 1981) “Педагогика: учеб. пособи для 
студентов пед ин-тов. Под ред. Ю.К.Бабанского: 1983 va 1988”, 
“Общие основы педагогики” (Pod. red. F.F. Korolyova V.E Turman, 
1967), I.F.Xarliyamovning “Pedagogika” (1990) “Дидактика средней 
школъ” (Под ред. М.Н. Скаткина; 1982) va h.k. O‘zbekistonda 


39 
mustaqillik yillariga qadar akademik S.R.Rajabov tahriri ostida chop 
etilgan “Pedagogika” (1958-1980) darsligi asosida o‘qituvchi 
tarbiyachilarni tayyorlovchilar uchun pedagogika fani o‘quv predmeti 
sifatida o‘qitildi. Shuningdek, “Pedagogika” o‘quv fanining mazmunini 
to‘ldirish, mavzularning nazariy-amaliy yo‘nalishini kuchaytirish 
maqsadida turli mavzularning nomlari bilan o‘quv qo‘llanmalari hamda 
“Pedagogika 
tarixi” 
va 
“Хрестоматия 
по 
педагогика” 
(M.T.Bushkanes B.D Leuxin; 1976) kabi pedagoglarning o‘quv 
qo‘llanmalari ham chop etilganki, ular pedagogika fanini o‘quv 
predmeti sifatidagi mazmunini ilmiy-nazariy, amaliy-metodik jihatdan 
kuchaytirishga xizmat qiladi. 
Mustaqillik yillarida mamlakatimizdagi demokratik islohotlar, 
erkin fuqarolik jamiyatini qurish yo‘lidagi harakatlar insonni yangidan 
kashf etish, uning imkoniyatlarini to‘la ro‘yobga chiqishi uchun shart-
sharoitlar yaratish, endi ularning bu jarayonlarning ishtirokchilari emas, 
balki bunyodkorlari, tashkilotchilari bo‘lib qatnashishlari zaruriyati 
tug‘ulgan edi. Natijada mamlakat o‘quv yurtlari uchun qator pedagogik 
fanlar tizimi vujudga kela boshladi. Dastlab, pedagogika fanlari 
doktori, 
professori 
A.Munavvarov 
tahriri 
ostida 
1996-yilda 
“Pedagogika” o‘quv qo‘llanmasi, I.Tursunov, U. Nishonaliyevlarning 
1997-yilda “Pedagogika kursi” darsligi, pedagogika fanlari doktori, 
professor, 
Respublikada 
xizmat 
ko‘rsatgan 
o‘qituvchi 
N.R.G‘aybullayevning “Pedagogika” o‘quv qo‘llanmasi, K.Hoshimov, 
M.Inomova, S.Nishonova, R.Hasanovlarning 1996 yili “Pedagogika 
tarixi”, A.Zunnunovning “O‘zbek pedagogikasi tarixi” kabi pedagogik 
fanlar nashr etilib o‘quv muassasalarida o‘qitila boshlandi.
O‘zbekistonda “Pedagogika” fani, fan va o‘quv predmeti tarzida 
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” 
qabul qilgandan so‘ng jadal rivojlanish bosqichiga o‘tdi. Qator 
darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari ta’lim-tarbiyaning dolzarb muammolari 
bo‘yicha risolalar, monografiyalar yaratildi. Jumladan, 2001-yilda
R.Mavlonova tahriri ostida “Pedagogika” darsligi, 2002-yilda 
Sh.Abdullayeva va boshqalar hamkorligida “Pedagogika” o‘quv 
qo‘llanmasi, 2006-yilda J.Hasanboyev va boshqalar “Pedagogika” 
o‘quv qo‘llanmasi va shu mualliflar 2009-yilda yaratgan pedagogika, 
“Pedagogika tarixi”, 2011-yilda oliy ta’lim pedagogika oliygohlari 
talabalari uchun “Pedagogika” o‘quv darsligi, 2006-yilda “Pedagogika” 
o‘quv qo‘llanmasi A.Zunnunov va U. Mahkamovlarning oliy o‘quv 


40 
yurtlari uchun “Didaktika”, “O‘rta Osiyoda pedagogik fikr 
taraqqiyotidan lavhalar” (1996), 2003-yilda Z.Ismoilovaning 
“Tarbiyaviy ishlar metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi, 2008-yilda shu 
muallifning 
“Pedagogika” 
o‘quv 
qo‘llanmasi 
2009-yilda 
N.Egamberdiyevaning “Ijtimoiy pedagogika” o‘quv qo‘llanmasi, 
O.Hasanboyeva, D.Holiqov va boshqalar. “Oila pedagogikasi”, 2010-
yilda M. To‘xtaxadjayeva, S.Nishonova va boshqalarning “Pedagogika 
nazariyasi” 2013-yilda Sh.Sodiqovaning maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 
talabalariga mo‘ljallangan “Maktabgacha pedagogika” darsligi 
yaratildiki, bular ta’lim tarbiyada ijtimoiy hayot jarayonining barcha 
jabhalarini qamrab olib, mamlakat yoshlarini barkamol insonlar, yetuk 
pedagogik kadrlar qilib tayyorlashda katta ijtimoiy prdagogik ahamyat 
kasb etmoqda. Shunday qilib tarixiy taraqqiyotda yangi hayot mazmuni 
sifatiy o‘zgarishlar ro‘y berayotgan bir davrda pedagogika nazariyasi 
va amaliyotini chuqur o‘zlashtirib boy tarixiy tarbiyaviy ta’limiy 
merosni mukammal egallab mamlakatda demokratik islohotlarni 
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatin asoslarini rivojlantirish 
ishlariga safarbar etmoqlari har bir pedagogning fuqarolik burji 
hisoblanadi. 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin