№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti


nazoratning guruhli shakli



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/186
tarix20.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#163674
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   186
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

nazoratning guruhli shakli
da talabalarning ma’lum bir qismi 
nazorat qilinadi. O‘qituvchi tomonidan talabalar guruhiga vazifa 
beriladi va uni shu guruh bajaradi. Lekin masalani hal qilishda boshqa 
talabalar ham qatnashi-shi mumkin. Guruh ishlayotgan paytda qolgan 
talabalar bo‘sh qolmaydi, ular o‘rtoqlarining bajargan ishlarini 
baholash uchun o‘z ustilarida ishlab o‘tiradi. 

nazoratning individual shaklidan
har bir talabaning bilim
ko‘nikma va malakasi bilan mukammal tanishish uchun foydalaniladi. 
Nazoratning bu shaklida odatda talabalar javob berish uchun sinf 
taxtasi oldiga chaqiriladi.

nazoratning 
kombinatsiyalangan 
(biriktirilgan)shakli
individual nazoratni ommaviy va guruhli shakllar bilan birlashtirishni 
taqozo etadi. Bu nazoratni hajmi katta mavzularni barcha talabalardan 
so‘rash kerak bo‘lgan vaqtda foydalanadi. Har bir o‘quvchiga alohida 
topshiriq beriladi va bir vaqtda birnecha o‘quvchini tekshirish mumkin 
bo‘ladi. 

o‘z-o‘zini nazorat qilish shakli 
ta’lim jarayonida
 
ichki aks 
aloqaning bo‘lishini ta’minlaydi. Nazoratning bu shakli psixologik 
mezonlarga asoslanadi. Uning samaradorligi o‘qituvchining kasbiy 
mahoratiga bog‘liq bo‘ladi. 
Nazorat qilish
 
metodlari
Og‘zaki tekshirish.
Bu metod bilimlarni nazorat qilish va 
baholash-ning ancha keng tarqalgan an’anaviy usullaridan biridir. 
Og‘zaki tekshirishning mohiyati shunda ko‘rinadiki, o‘qituvchi 
talabalarga o‘rganilgan mavzuning mazmunidan kelib chiqib, savollar 


169 
beradi va ularni javob berishga undaydi. Ana shu tarzda ularning 
o‘zlashtirish darajasini aniqlaydi.
Yozma tekshirish
– talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini 
nazorat qilish va baholashning eng samarali usullaridan biri bo‘lib, 
ularning ijodiy qobiliyatlarini baholash imkonini beradi.

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin