Mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun savollar hamda topshiriqlar: 1. Psixologiya fanlarini o‘qitish metodikasining predmeti haqida ma’lumot bering. 2. Psixologiya fanlarini o‘qitish metodikasining maqsad va vazifalarini tushuntiring. 3. Ta'lim tamoyillarining turlicha tasniflanishiga nima sabab bo'ldi? 4. Sizga ma'lum bo'lgan o'qitish tamoyillari tasniflarini sanab o'ting. 5. O'qitishning umumiy didaktik prinsiplari qaysilar? 6. Psixologiya kursini tuzishga qaysi tamoyillar asos bo‘ladi? 7. Psixologiya fanlarini o‘qitish metodikasining qaysi qonuniyatlari mavjud? 8. V.N.Karandashev ta’lim tamoyillarini tasnifini tushuntiring. 9. Oliy maktabda o‘qitish tamoyillari haqida ma’lumot bering. 10. Psixologiyani o'qitish jarayonida o'qitish tamoyillarini amalga oshirishning o'ziga xos xususiyati nimada?
183
11-MAVZU. DARS O‘QUV FAOLIYATINI TASHKIL ETISH SHAKLI SIFATIDA Tayanch so‘zlar: o‘quv faoliyati, dars, dars tiplari, aralash dars, yangi materiallarni o‘rganish darsi, bilimlarni mustahkamlash, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish darsi, umumlashtirish va tizimlashtirish, bilim, mahorat va ko‘nikmalarni nazorat qilish va tuzatish darsi