№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/186
tarix20.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#163674
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   186
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

Faollik tamoyili
bilimlarning samarali o‘zlashtirilishi faol o‘quv-
biluv faoliyatida yuz berishi kerak. Ushbu tamoyilni amalga oshirish 
psixologik bilimlarga bo'lgan ehtiyojni shakllantirish, ta'limning 
dialogik shaklini rivojlantirish, o'qitishda muammoli yondashuvni 
qo'llash, o'qitishning amaliy usullaridan foydalanish (o'quv tajribalari, 
test sinovlari, psixologik treninglar va boshqalar shaklida) yordamida 
amalga oshiriladi. 
Hayot va amaliyot bilan bog‘liqlik
tamoyili psixologiya 
fanlarini o‘qitish jarayonini amaliyot bilan bog‘lab olib borish, darslar 
mavzusi bo‘yicha hayotiy misollar, faktlardan keng foydalanish, ta’lim 
oluvchilarning o‘rganayotgan bilimlarini turli hayotiy vaziyatlarda 
amalda qo‘llay oladigan bo‘lishlarini ta’minlab borishga xizmat qiladi. 
Ta’limning rivojlantiruvchi xarakteri tamoyili
o‘quv 
jarayonini birinchi navbatda o‘quvchi shaxsini rivojlantirishga 
yo‘naltirishni nazarda tutadi. Ushbu tamoyilga muvofiq psixologiyani 
o'qitishning natijasi nafaqat psixologik nazariyalar, tushunchalar, aqliy 
qonuniyatlarni bilish, balki o'quvchilar shaxsining rivojlanishi, boshqa 


181 
odamlar va o'zining ichki dunyosini anglashi, o'z-o'zini bilish va o'zini 
rivojlantirish usullarini o'zlashtirish, ularning ta'lim va kognitiv 
faoliyatini takomillashtirish yo'llarini o'zlashtirishdir.
11.4.
 
Eng muhim didaktik tamoyillar va oliy ta’limda 
o‘qitish tamoyillari 
Pedagogika fanida aniqlangan va qo'llanib kelinayotgan ta’limning 
umumiy prinsiplariga oliy ta ’lim jarayonida ham amal qilinadi
1

Bular: 
— o‘quv dasturlari, darsliklardagi bilimlarni ongli o‘zlashtirish 
prinsipi; 
— faollik prinsipi, talabaning faoliyatiga tayanib o ‘qitish prinsipi; 
— oliy ta’limning mazmuni, shakl-usullari talabaning yosh 
xususiyatlariga mosligi; 
— bilimlarni o‘zlashtirish va malakalami egallashda izchillik va 
tizimlilikka rioya qilish; 
— ta’limning amaliyot bilan, ishlab chiqarish bilan chambarchas 
bog‘liqligi; 
— ko‘rsatmalilik, axborot texnologiyalari va texnik vositalardan 
foydalanish prinsipi. 
Psixologiya fanlarini o‘qitish tamoyillari va oliy ta’limda o‘qitish 
tamoyillari tahlili quyidagi xulosalarni chiqarishga imkon beradi: 
1. Psixologik-pedagogik adabiyotlarda o'qitish tamoyillarining 
xilma-xil tasniflari mavjud bo'lib, bu ma'lum bir tarixiy davrda fan va 
ta'limning rivojlanish darajasi, talabalarning yoshi va individual 
xususiyatlari bilan bog'liq. 
2. Psixologiyani o'qitishda o'qitishning umumiy didaktik 
tamoyillari bilan bir qatorda psixologlar tomonidan ishlab chiqilgan 
psixologiyani o'qitish tamoyillarini ham hisobga olish kerak. 
3. O'qitish tamoyillarini tizimli ravishda amalga oshirish 
o'qituvchiga psixologiyani o'qitish jarayonini qonunlariga muvofiq 
ravishda tashkil etish, uning samaradorligini ta'minlash va belgilangan 
maqsadlarga erishish imkoniyatini beradi. 
1
M.Ochilov, N.Ochilova. Oliy maktab pedagogikasi. Darslik. -Т., «Aloqachi», 2008, 7-bet, 


182 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin