TADQIQOT NATIJALARI Tabiiy suv bu hech qanday antropogen ta’sir ishtirokisiz tabiiy jarayonlar natijasida sifat
va miqdoriy jihatdan shakllangan suvdir.
Suvlar minerallashish darajasiga qarab (g/1 da)
chuchuk (tuzlarning umumiy miqdori < 1),
sho‘rroq (1... 10),
sho‘r (10...50)
namakob (>50) larga ajratiladi.
O‘z navbatida chuchuk suvlar kam mineral aralashmali (200 mg/1 gacha), o'rtacha
minerallashgan (200—500 mg/1) va yuqori minerallashgan suvlarga bo‘linadi. Tarkibidagi
anionlar miqdori bo‘yicha suvlar gidrokarbonatli, sulfatli va xloridli bo‘ladi.
Tabiiy suvlarning qattiqligi, ularning tarkibida kalsiy va magniy tuzlar borligi bilan
belgilanadi. Suvlar tarkibidagi Ca2+, Mg2+ ionlarining konsentratsiyasini mg-ekv/1 larda
ifodalanadi. Suvning qattiqligi umumiy, karbonat va nokarbonat turlarga ajratiladi Umumiy
qattiqlik karbonat va nokarbonat qattiqliklarning yig‘indisidan iborat.
Karbonat qattiqlik — suvda kalsiy va magniy bikarbonatlarining mavjudligi bilan
bog‘liq. Karbonatsiz qattiqlik esa kalsiy va magniy sulfatlari, xloridlari va nitratlari miqdoriga
bog'liq. 12 O'zDST 950:2000 bo‘yicha «Ichimlik suvi, gigiyenik talablar va sifatni nazorat
qilish» talabiga muvofiq ichimlik suvining qattiqligi 2,5—7 mg-ekv/1 bo'lishi kerak. Suvning
qattiqligi 4 mg-ekv/1 bo‘lganda ham suv ta ’minoti tizimlarida va santexnika jihozlarida ko‘p
miqdorda cho‘kma yig‘iladi. Qattiq suv inson organizmiga, sanoat va maishiy qurilmalarga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun qurilmalar ishdan chiqishining oldini olish maqsadida suv
yumshatiladi. Ayrim mamlakatlarda suvlarning qattiqligi turlicha sinflanadi (jadval):
UIF-2022: 8.2
SCIENCE AND INNOVATION ISSN: 2181-3337
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL