Falsafa
va uning oxirgi paytlarda shakllanib, rivojlanib
borayotgan ijtimoiy
falsafa qismi bilan bo’lgan aloqa bu ikkala fanning inson va uning hayoti mohiyatini
to’la anglash va uning rivojlanib borish tendentsiyalarini belgilashdagi o’rni va
ahamiyatidan kelib chiqadi. Tabiat, jamiyat va inson tafakkurining rivojlanishiga oid
bo’lgan umumiy qonuniyatlar va tamoyillarni psixologiya falsafaning bazasidan
oladi va shu bilan birga o’zi ham inson ongi va tafakkuri qonuniyatlari sohasidagi
yutuqlari bilan falsafani boy ma’lumotlarga ega bo’lishiga yordam beradi. Shuni
alohida ta’kidlash joizki, mustaqillik mafkurasi va milliy
ongning shakllanishiga
taalluqli umumiy ilmiy qonuniyatlarni izlashda ham yurtimiz sharoitida bu ikkala fan
- falsafa va psixologiyaning hamkorligi bevosita sezilmoqda. Bu bog’liqlik avvalo
yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantirish muammosi ko’ndalang turgan
tarixiy davrda milliy mafkura va milliy g’oyani shakllantirish kabi dolzarb vazifani
bajarishga xizmat qilmoqda.
Sotsiologiya
fani ham yangicha ijtimoiy munosabatlar sharoitida o’z
taraqqiyotining muhim bosqichiga o’tgan ekan, psixologiya ushbu fan erishgan
yutuqlardan
ham foydalanadi, ham ularning ko’lami kengayishiga baholi qudrat
xizmat qiladi. Ayniqsa, psixologiyadan mustaqil ravishda ajralib chiqqan, bugungi
taraqqiyot davrimizda alohida ahamiyat kasb etgan ijtimoiy psixologiyaning
sotsiologiya bilan aloqasi uzviy bo’lib, ular jamiyatda
ijtimoiy taraqqiyot va
rivojlanishni ta’minlash ishiga xizmat qiladilar. Qolaversa, huquqiy, demokratik
davlat qurish ishini sobitqadamlik bilan amalga oshirayotgan O’zbekiston
aholisining huquqiy madaniyatini va demoqratik o’zgarishlarga psixologik jihatdan
tayyorligini amalda ta’minlash, bu sohada muntazam tarzda ijtimoiy fikr va insonlar
fikr va qarashlaridagi o’zgarishlarni o’z vaqtida o’rganish,
bashorat qilish va
taraqqiyot mezonlarini ishlab chiqishda ikkala fanlar metodologiyasi va metodlarini
birlashtirish tadbiqiy ahamiyat kasb etadi. SHuning uchun joylarda tashkil etilgan
ijtimoiy-psixologik xizmat markazlari ayni shu vazifani bajarishga qaratilgandir.
Respublikamiz miqyosida esa ―Ijtimoiy fikr‖ markazining turli mavzular bo’yicha
olib boradigan ijtimoiy so’rovlari aholining kayfiyati,
qiziqishi, xoxishi, ehtiyoji,
niyatini ifodalash bilan birga, hukumat va davlat tomonidan qanday istiqbolli rejalar
tuzish lozimligiga olib keladi. Ijtimoiypsixologik so’rovlarning oliygohlarda
o’tkazilishi ustoz-shogird, talabao’qituvchi munosabatlarini, ish joylarida o’tkazish
xodim-rahbar, xodimxodim munosabatlarini bilib olish imkonini yaratadi. Bu orqali
nafaqat sotsiologik so’rov, balki inson shaxsiga aloqador psixologik xususiyatlarni
aniqlash mumkin bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: