shaxslararo munosabatlar psixologiyasini, odamlarning
turli vaziyatlardagi xulq-
atvor normalarini bilish va shunga ko’ra ish olib borish muhimdir. Shuning uchun
hozirgi davr mutaxassislari psixologik bilimlardan boxabar bo’lishlari lozimdir.
Psixologiyaning 300dan ortiq tarmoqlari fan sifatida rivojlanayotganligi
hozirgi kunda psixologiyaning fanlar tizimida yanada mustahkamlanayotganligidan
dalolat beradi:
-
umumiy psixologiya - psixologiyaning barcha masalalarining o’ziga xos
jihatlarini o’rganadigan maxsus sohasi;
-
pedagogik psixologiya - kishiga ta’lim va tarbiya berishni psixologik
qonuniyatlarini o’rganishni o’z
predmeti deb biladi;
-
yosh davr psixologiyasi - turli yoshdagi odamlarning tug’ilgandan to
umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi va o’zaro
munosabatlari qonuniyatlarini o’rganadi;
-
ijtimoiy psixologiya - odamlarning jamiyatdagi birgalikdagi ish faoliyatlari
natijasida ularda hosil bo’ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar, hissiy kechinmalar
va xulq-atvorlarini o’rganadi;
-
mehnat psixologiyasi - kishi mehnat faoliyati psixologik xususiyatlarini,
mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik jihatlarini o’rganadi;
-
injenerlik psixologiyasi - avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalari
operatorning
faoliyatini, odam-texnika o’rtasida funktsiyalarni taqsimlash va
muvofiqlashtirishning xususiyatlarini
o’rganadi;
-
yuridik psixologiya - huquq sistemasining amal qilishi bilan bog’liq
masalalarning psixologik asoslarini o’rganadi;
-
harbiy psixologiya - kishining harbiy harakatlar sharoitida namoyon
bo’ladigan
xulq-atvorini,
boshliqlar
bilan
ijro
etuvchilar
o’rtasidagi
munosabatlarning psixologik jihatlarini o’rganadi;
-
savdo psixologiyasi - jamiyatda tijoratning psixologik sharoitlari, ehtiyojning
individual, yoshga oid, jinsga oid xususiyatlarini, xaridorga xizmat ko’rsatishning
psixologik omillarini aniqlaydi, modalar psixologiyasi kabi masalalarini ko’radi;
-
tibbiyot psixologiyasi - shifokor
faoliyati psixologiyasini, bemor xulq-
atvorining psixologik jihatlarini o’rganadi.
Shuningdek psixologiyada etnopsixologiya,
oilaviy hayot psixologiyasi,
boshqaruv psixologiyasi, iqtisodiy psixologiya,
shaxs psixologiyasi, rahbar
psixologiyasi, muloqot psixologiyasi, pedagogik psixologiya, intellekt psixologiyasi,
psixodiagnostika va boshqa ko’plab sohalari mavjud.
Dostları ilə paylaş: