1 mavzu. Psixologiya fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Reja



Yüklə 467,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/12
tarix20.11.2023
ölçüsü467,83 Kb.
#163961
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
1 mavzu. Psixologiya fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. R

Nima sotiladi? 
- Test natijalari
Nima uchun?
- nima qilib bo’lsa ham, pul ishlash, o’z imkoniyatlarni tekshirish, 
shaxsiy ish ochish;
Kim ?
- firma yoki konkret kishilar; 
Nima ? - 
xilma - xil testlar batareyasi;
Kimga ?
- turli kasb egalari, o’quvchilarga, xodimlarga;
Qayerda? Qachon?
- zarurat bo’lgan har qanday joyda;
Qanday qilib?
- minimal vaqt sarflab, tez va soz;
Qancha?
- test o’tkazuvchilarning soni va imkoniyatiga qarab;
Kim bilan?
- shu firma xodimlari bilan .....
Demak, marketing xizmatida javob berilishi zarur bo’lgan savollardan ko’rinib 
turibdiki, har bir savolga beriladigan javobning orkasida konkret odamlar, ularning 
qobiliyatlari, manfaatlari va ish unumi yotadi. SHuning uchun bu sohada psixologik 
xizmat zarur.
Ikkinchi soha - kadrlar va ular bilan bevosita ishlash sohasi. Bu kadrlarni ishga jalb 
etishda bilish zarur bo’lgan qobiliyatlar va shaxsiy fazilatlardan tortib, ularni to’g’ri 
yunaltirish, o’z joyiga qo’yish, tashkilot doirasida guruhlarni shakllantirish, 
xodimlarga ma’lumotlarni o’z vaqtida yetkazish bilan bog’liq kadrlar siyosatini olib 
borishga aloqador xizmatdir. Psixolog bu o’rinda asosan maslahatchi - konsulьtant 
va ekspert sifatida rol o’ynaydi.
3.2. Siyosat sohasidagi psixologiya 
Har bir davr o’z kishilari ongida beixtiyor siyosiy ongni shakllantiradi va odamlar 
uning tamoyillariga bo’ysunadilar. Siyosat borasidagi psixologik masalalarga 
psixolog aralashuvining zarurati har doim bo’lmasa - da, ayrim paytlarda - yirik 
islohotlar boshlanishi arafasida, saylov oldi kompaniyalarda, yangi siyosiy 
liderlarning halk tomonidan qabul qilinishi jarayonlari, ko’pchilik auditoriyaga zarur 
ma’lumotlarni yetkazish, ijtimoiy ustanovkalarni o’zgartirish, siyosiy arboblar 


imidjini omma ongiga singdirish paytlarida psixologik ta’sir vositalaridan o’rinli 
foydalanish, maslahatlar berish va ayrim guruhlar e’tiqodiga ta’sir etish kerak 
bo’lganda kerak bo’ladi.
Siyosiy sohada ishlayotgan psixolog ishining o’ziga xos jihatlari bo’lib, unga 
quyidagilar kiradi:
a) siyosatda psixolog aralashuvi ko’pchilik ommaga bevosita aloqador bo’lmaydi;
b) zarurat tug’ilganda, psixolog shunday tez va ishonchli o’lchaydigan metodikalarni 
ishlatadiki, ularning natijalari sir saqlanib, o’sha buyurtmachi - siyosatchining 
talabiga ko’ra izlanishlar olib boriladi;
v) psixolog har bir siyosatchi uchun shunday ishonchli shaxs bo’lishi lozimki, undan 
odamlarning qayfiyatlari, reaktsiyalari, his - kechinmalari xususida aniq ma’lumotlar 
so’raladi;
g) o’ziga xos qiyinchilik shundan iboratki, jamoatchilik psixolog kiyofasida 
ko’pincha liderning bevosita «odamini» ko’rishga moyil bo’lib, liderning o’zi ham 
ba’zan o’ta professional psixologdan hadiksirab qolishi mumkin.
Shuning uchun yuqorida ta’kidlaganimizdek, zarur paytlarda siyosiy arboblar 
psixolog xizmatiga murojaat qilishlari va undan asosan biror jiddiy ijtimoiy 
proektlarni qabul qilish jarayonida yordam berishini so’rash mumkin. Buning uchun 
psixologdan jamoatchilik fikrini psixologik tahlil qilib berish, va shu asosda 
fukarolarning ustanovkalari va kayfiyatlariga ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi omillarni 
birgalikda ajratish vazifasini hal qilishlari mumkin. Saylov oldi kompaniyalarda esa, 
psixologning asosiy vazifasi odamlarning kayfiyatini o’rgangan xolda da’vogar 
imidjini shakllantirishga, odamlarga yoqtirishga sabab bo’ladigan shaxsiy fazilatlar 
algoritmini tuzish, omma oldiga chiqishga psixologik tayyorlash, raqiblarning 
bahslashish madaniyati va etikasi borasida psixologik yo’l - yo’riq va usullar 
borasida ma’lumotlar almashinish kerak bo’ladi.

Yüklə 467,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin