Microsoft Word KichikBiznes doc



Yüklə 3,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,98 Mb.
#164060
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   103
m0ZCTpKdRYGUgbGiaNWp

 Soliq imtiyozlari
- bu soliqqa oid qonunlarga muvofiq soliqqa tortish 
bazasiga ega bo’lgan yuridik yoki jismoniy shaxslarni to’liq yoki qisman 
soliq to’lashdan ozod qilish. Bu imtiyozlar O’zbekiston Respublikasi Soliq 
kodeksi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Qarorlari aso-
sida joriy etiladi. 


95 
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik subyektlariga quyidagi imtiyozlar berilgan. Shular jumlasiga: 
- yagona soliq to’lovi ishlab chiqarishni modernizasiyalashga, texnik va 
texnologik jihatdan qayta jihozlashga, yangi texnologik jihoz xarid qilishga, 
ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirishga, ishlab chiqarish 
ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qi-
lish kabi vazifalarga yo’naltiriladigan mablag’lar so’mmasiga besh yil 
davomida kamaytiriladi; 
- yagona soliq to’lovini to’lashdan nogironlarning jamoat birlashmalari
"Nuroniy" jamg’armasi va "O’zbekiston chernobilchilari" assosiasiyasi mul-
kida bo’lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar,
1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etadigan yuri-
dik shaxslar ozod qilingan;
- ishlab chiqaruvchi kichik korxonalarga yagona soliq to’lovini hisoblash 
paytida, soliq solinadigan baza yangi texnologik asbob-uskunalar qiymatiga 
besh yil mobaynida, soliq solinadigan bazaning ko’pi bilan 25 foiziga ka-
maytirish huquqi berilgan; 
- yagona soliq to’lovini to’lovchi bo’lgan mahalliy ishlab chiqaruvchi 
korxonalar yagona soliq to’lovi to’lash muddatini davlat ro’yxatidan 
o’tkazilgan paytdan e’tiboran bir yil muddatga kechiktirish huquqiga ega.
Shu bilan birga, O’zbekiston Respublikasining «Oilaviy tadbirkorlik 
to’g’risida»gi O’RK-327-sonli Qonunida:
- oilaviy korxona ishtirokchi-
lari oila yashab turgan turar joyda turar joylarini noturar joylarga 
o’tkazmasdan faoliyat yuritishi va o’zi ishlab chiqargan mahsulotni shu joyn-
ing o’zidan sotishiga ruxsat etildi; 
- oilaviy korxona ishtirokchilari tomonidan soliqlar va boshqa majburiy 
to’lovlar to’langandan keyin ularning tasarrufida qolgan foyda soliq 
solishdan ozod etilishi belgilandi; 
- oilaviy korxona, o’zi ishlab chiqargan xalq badiiy hunarmandchiligi va 
amaliy san’ati buyumlarini realizasiya qilishdan olingan tushum bo’yicha ya-
gona soliq to’lovini to’lashdan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ozod 
qilinishi belgilandi. 

Yüklə 3,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin