deyiladi. Leksema grammatik ma’no ifodalovchi qism, shuningdek, so‘z yasovchi
qo‘shilishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
So‘z yasalishida qarindosh so‘zlarning
tarkibi jihatidan aloqasi, o‘zaro
bog‘langanligi tahlil qilinadi. Shuning uchun so‘z ayaslishi sistemasini o‘rganishda
har bir konkret morfemaning (ham o‘zak morfema, ham affiskal morfema) so‘z
yasovchilik xususiyati aniqlanadi. Shuningdek, grammatik tarkibi turlicha bo‘lgan
so‘zlarning ( tub va yasama so‘zlarning) yangi yangi so‘z
hosil qilishdagi rolini
belgilash muhim ahamiyatga ega.
Adabiyotlarda so‘z yasalishi, so‘z turkumlarida so‘z yasalishi haqida turlicha
qarashlar mavjud. Adabiyotlarning aksariyatida so‘z yasalishi asosan mustaqil so‘z
turkumlariga xosligi ta’kidlangan. “So‘z yasalish
hodisasi asosan mustaqil
turkumlari uchun xos. Ot, sifat, fe’l va ravish turkumlarining
tarkibi doim yangi
yasalmalar bilan boyib turadi.”
10
Bunday qarashni Q.Sapayevning “Hozirgi o‘zbek
adabiy tili” o‘quv qo‘llanmasida ham uchratish mumkin.
Keyingi yillada e’lon qilingan ishlarda, xususan, A.Hojiyevning “O‘zbek tili
morfologiyasi,
morfemikasi
va
so‘z
yasalishining nazariy masalalari”
monografiyasida so‘z yasalishi haqida yangicha qarashlar ilgari surilgan. Tilshunos
olim so‘z yasalishini o‘zbek tilida o‘rganilishi haqida so‘z yuritar ekan, tilning har
bir sistemasining tadqiqi shu sistemani shakllantiruvchi
til birligini belgilashdan
boshlanishini, biroq o‘zbek tili so‘z yasalishi sistemasini
tadqiq etishda ana shu
asosiy, muhim va ma’lum faktga e’tibor
berilmaganligini, ya’ni o‘zbek tili so‘z
yasalish tizimi va uning til birligi – shakllantiruvchisi bormi, degan masala o‘rtaga
qo‘yilganligi va bu haqda aniq bir fikr bildirilganligi yo‘qligini ta’kidlaydi.
11
A.Hojiyev ushbu monografiyasida o‘zbek tilshunosligida so‘z yasalishi, so‘z
yasalish tarkibi, so‘z yasalish imkoniyati haqidagi mavjud qarashlarni tahlil qiladi.
“So‘z yasalishi asosining mohiyatini belgilashda quyidagi ikki narsaga asoslanish
kerak bo‘ladi: 1) yasama so‘z umuman so‘z (leksema)dan emas,
balki uning
10
Турсунов У., Мухторов Ж., Раҳматуллаев Ш. Ҳозирги ўзбек адабий тили. -Тошкент: Ўзбекистон, 1992. –
Б.207.
11
Ҳожиев А.Ўзбек тили морфологияси, морфемикаси ва сўз ясалишининг назарий масалалари. -Тошкент:
Фан, 2010. –Б.141-142.
muyayan ma’nosi asosida yasaladi. Masalan,
harakatchan
so‘zi
harakat
so‘zining
ma’nosi asosida –
chan
so‘z yasovchi morfemasi yordamida yasaladi. Ana shu ma’no
harakatchan
yasama so‘zi ma’nosining yuzaga kelishi uchun asos ma’no
hisoblanadi. Bu yasama so‘z tarkibida
harakatchan
so‘zi va uning ma’nosi shunday
xususiyatga (mohiyatga)
ega ekan, bu so‘zning ma’nosi ham mustaqil ma’no
hisoblanmaydi. Bu esa
harakatchan
so‘zi tarkibida “harakat”ni mustqail birlik, ya’ni
so‘z (ot) hisoblashga yo‘l qo‘ymaydi. Demak,
harakatchan
yasama so‘zi tarkibidagi
“harakat”ni so‘z yasash asosi deyish – shunday termin bilan yuritish, birinchidan,
uning mustqail birlik emasligini qayd etsa, ikkinchidan
Dostları ilə paylaş: