часть
3
«
Научный импульс
»
Мая
, 2023
1724
Quritadigan yog’larning sifati rang, shaffoflik, yopishqoqlik, uchuvchan bo’lmagan
moddalar miqdori, quritish vaqti, kislota soni bilan belgilanadi.
Shisha quyidagi jihatlari bilan sinflarga bo’linadi: kimyoviy tarkibi bo’yicha; oksidli
(silikatli, kvarsli, boratli, fosfatli va sh.k.); kislorodsiz (gologenidli, nitratli va sh.k.); ishlatilish
joyiga nisbatan: qurilish va arxitektura qismlari uchun; texnik (kvarsli, optik, toblangan,
ko’pqatlamli va sh.k.); shisha tolalar va boshqalar. Shisha kvars qumi, ohaktosh, soda va
natriy sulfati asosida olinadi. Xomashyo tarkibidagi soda, natriy sulfati va potash shisha
pishirish haroratini pasaytiradi, (15000C) ohaktosh esa shishani suvda erimaydigan holatga
keltiradi.
Shisha xomashyosi tarkibiga alyuminiy oksidi (mustahkamlik), bor angidridi,
qo’rg’oshin va rux oksidlari (termochidamlilik), qo’shilib shishaning xossalari yaxshilanishi
mumkin [12].
Shisha amorf tuzilishga ega bo’lib, xossalari izotrop, aniq erish haroratiga ega
bo’lmasligi bilan xarakterlidir.Oyna shishasining nur o’tkazishi 90-
issiq o’tkazuvchan-ligi (1000S) 0,4-
-
issiqdan chiziqli kenga-
-6-
-6)0C-1, egilishdagi va cho’zilishdagi
mustahkamligi 30-90 MPa, siqilishdagi mustahkamligi 700-1000 MPa, qattiqligi 5-7 (Moos
shkalasi bo’yicha), elastiklik moduli 70000-75000 MPa tashkil qiladi. Shisha o’ta mo’rt
bo’lib, egilishdagi zarbiy mustahkamligi 0,2 MPa ga teng. Shisha taxtali, vitrinabop, issiqlik
nurlarini qaytaruvchi, issiqlik nurlarini yutuvchi, uviol (25-75% ultrabinafsha nurlarini
o’tkazuvchi), nurni tarqatuvchi, armaturalangan, toblangan, ko’pqatlamli (tripleks),
radioktiv nurlarga bardoshli, termobardoshli (borosilikatli) va boshqa turlarga bo’linadi.
Shisha asosida ichi bo’sh shisha bloklar, shishapaketlar, quvurlar, panellar (shishaprofilit)
kabi buyumlar va arxitektura qismlari olish mumkin.
Taxta oyna shishasi 3 navda, quyidagi o’lchamlarda ishlab chiqariladi: qalinligi: 2; 2,5;
3; 4; 5 va 6 mm, eni: 250-1600 mm, uzunligi 250-2200 mm. Bir m2 taxta oyna massasi 2-5
kg bo’ladi. Taxta oyna rangsiz bo’lishi kerak, ozgina havorang va yashil rang aralashishi
ruxsat etiladi [13].
Arxitektura yodgorliklari restavratsiyasida ishlatiladigan taxta oynada nuqsonlar –
havo pufakchalari, chizmalar, burmalar, notekisliklar bo’lmasligi kerak.