85
IV BOB. Suv meliorativ xo’jaligining asosiy fondlari va aylanma mablag’lari
4.1. Melioratsiya asosiy fondlarining xususiyatlari va tarkibi
Ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun ish kuchi
bilan birgalikda tabiiy
(moddiy) va qiymat shakllaridagi ishlab chiqarish vositalari ham kerak bo’ladi. Ishlab chiqarish
vositalari qiymatining quyidagi ifodasini ishlab chiqarish fondlari tashkil etadi.
Ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarish fondlari iqtisodiy ma’noda o’zaro
farqlanadi. Ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarish jarayonining moddiy asheviy moddalari,
ishlab chiqarish fondlari esa ishlab chiqarish vositalarining ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati
hosil bo’lishidagi ular ishtirokining iqtisodiy shaklidir.
Melioratsiya fondlari qishloq xo’jaligi fondlarining tarkibiy qismidir.
Ular qishloq
xo’jalik korxonalarining ishlab chiqarish vositalari bilan o’zaro aloqadagina samarali amal qila
oladi.
Suv xo’jaligi va melioratsiya fondlarini ko’paytirish va
takomillashtirish qishloq
xo’jaligini intensivlashning muhim omili xizmatini o’taydi.
Yerlarni melioratsiyalash keng dasturini amalga oshirish kapital qo’yilmalar
katta
hajmi va melioratsiya fondlari ko’payishi bilan bog’liqdir.
Hozirgi kunga kelib suv
melioratsiya xo’jaligining ishlab chiqarish fondlari mlrd.lab so’mni tashkil etadi.
Ishlab
chiqarish fondlari, ishlab chiqarish vositalari
oborotining xarakteri,
vazifasi va
ularning ishlab chiqarish jarayonidagi ishtirokining xususiyatlariga bog’liq
holda asosiy va
aylanma fondlariga bo’linadi. Mehnat vositalari asosiy fondlar sifatida, mehnat predmetlari esa
aylanma fondlari sifatida namoyon bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: