O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


SFU ning moliyaviy manbalari va mulki



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/112
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164133
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   112
Z3iC0whyPxwdXmFOvQSyiEaXSQPrEMocXvd7XPWX

SFU ning moliyaviy manbalari va mulki: 
Uyushmaning Nizom jamg’armasi ta’sischilar va boshqa suvdan foydalanuvchilar 
tomonidan ajratilgan mulkiy ulushlar va mablag’lar hisobidan tashkil topadi. 
Quyidagilar uyushmaning mol-mulkini shakllantirish manbalari hisoblanadi: 
Uyushma ta’sischilarining boshlang’ich mulkiy ulushlari. 
Suvdan foydalanuvchilarning to’lagan badallari. 
Qimmatboho qog’ozlar va ulardan olinadigan daromadlar.
Banklar va boshqa tashkilotlarning kreditlari va grantlari. 


80 
Uyushmaning boshqa faoliyatlaridan tushgan mablag’lari. 
Respublika va chet el sarmoyadorlarining beg’araz yordami tariqasida berilgan 
mulklar va mablag’lar hamda O’zbekiston Respublikasi qonunlarida ta’qiqlanmagan boshqa 
mablag’lar.
SFU qonunda belgilangan tartibda o’z faoliyati natijalarining hisobi va hisobotini va 
ularning haqiqiyligini kafolatlaydi. 
SFU mustaqil balansga ega, xo’jalik faoliyatini ta’sischilarning va boshqa suvdan 
foydalanuvchilarning badallari va qonunda man etilmagan boshqa manbalar hisobiga mablag’ 
bilan o’zini o’zi ta’minlash asosida amalga oshiradi. 
SFU faoliyatini yaxshilash va rivojlantirish hamda xodimlarni ijtimoiy ùimoya qilish 
maqsadida zaxira, ishlab chiqarish Fan va texnika yuto’qlarini joriy qilish, moddiy 
rag’batlantirish va qonunda man etilmagan boshqa jamg’armalarni tashkil qilishi mumkin. 
SFU O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, 
farmoyishlari va boshqa qonun xujjatlarida belgilangan imtiyozlardan foydalanadi. 
 
SFUni tashkil qilishdan maqsad va uning vazifalari 
 
1.
SFU ning asosiy maqsadi ta’sischilarga hamda uyushma hududidagi boshqa 
suvdan foydalanuvchilarga o’rnatilgan limit asosida Suv yetkazib berish, o’zaro ichki Suv 
xo’jaligi munosabatlarini tartibga solish, ularning suvdan foydalanish huquqini himoya qilish, 
shuningdek qonunda man etilmagan boshqa faoliyatlarni amalga oshirishdan iborat
SFU o’z maqsadini amalga oshirish uchun quyidagilarni bajaradi. 
Suvdan foydalanuvchilarni va ularning Suv olish joylarini ro’yxatdan o’tkazadi. 
Suvdan foydalanish rejalarini ishlab chiqish va ularni irrigatsiya tizimi 
boshqarmasi tomonidan uyushmaga belgilangan limit doirasida muvofiqlashtiradi. 
Irrigatsiya tizimi boshqarmasi hamda suv iste’molchilari bilan Suv olish va undan 
foydalanish bo’yicha shartnomalarni tuzadi va ularning bajarilishini ta’minlaydi. 
Suvdan foydalanuvchilarga ajratilgan limitlar suv yetkazib berish va o’rnatilgan 
tartibda suvning oldi-berdisi va hisobotlarini olib boradi. 
SFU ta’sischilari va boshqa suvdan foydalanuvchilar hamda Suv xo’jaligi 
tashkilotlari bilan ichki suv xo’jaligi ob’ektlarini ta’mirlash, va ishlatish bo’yicha 
shartnomalarini tuzadi va uning bajarilishini ta’minlaydi. 


81 
SFU hududidagi ichki suv xo’jaligi ob’ektlarini tozalash va ta’mirlash, 
rekonstruktsiya qilish ishlarini tashkil etadi. 
Suv o’lchash vositalarini qurishni tashkil etish va ularni belgilangan tartibda 
pasportlarini tuzish, shahodatlash hamda ro’yxatdan o’tkazishni ta’minlaydi. 
Yer egalariga sug’oriladigan yerlarning sho’rini yuvish, suvdan maqsadli va 
samarali foydalalanishni ta’minlash bo’yicha tadbirlarni amalga oshirishda uslubiy va amaliy 
yordam ko’rsatadi. 
Suvni tejash va ilg’orlar tajribalarini hamda yangi texnologiyalarni joriy qilishni 
tashkil etadi. 
SFU balansidagi asosiy vositalarni texnik ko’riklardan o’tkazib borish, ta’mirlash 
va yangilash, resurslarni iqtisod qiluvchi texnika va texnologiyalarni joriy qilish bo’yicha joriy 
va istiqbolli rejalarni ishlab chiqish, umumiy shu jumladan joriy va rivojlanish sarf-xarajatlar 
smetasini ishlab chiqish hamda har-bir suvdan foydalanuvchining badallarini xisob-kitob qilib, 
belgilangan tartibda ta’sischilarning umumiy yig’ilishida tasdiqlanadi. 
O’z faoliyati to’g’risida belgilangan tartibda tuman qishloq va Suv xo’jaligi 
bo’limiga Irrgatsiya tizimi boshqarmasiga hamda tegishli tashkilot va idoralarga axborot va 
hisobotlar berib boradi. 
SFU ta’sischilarning haq-huquqlarini va manfaatlarini himoya qiladi. 
SFU o’z ta’sischilariga va uning hududidagi boshqa suvdan foydalanuvchilarga 
ularning manfaatlarini ko’zlagan holda qonunga zid bo’lmagan boshqa faoliyat turlarini ham 
ko’rsatish mumkin. 
2.
SFU quyidagi majburiyat va huquqlarga ega:
O’z hisobidagi asosiy vositalarni va boshqa mulklarni hamda mablag’larni maqsadli 
ishlatish va talon-toroj bo’lmasligini ta’minlaydi. 
SFU ajratilgan suv resurslarini suvdan foydalanuvchilarga ularning tasdiqlangan 
suvdan foydalanish rejasiga proportsional ravishda taqsimlaydi va yetkazib beradi. 
Faoliyat ko’rsatayotgan xududdagi suvdan foydalanuvchilarga va boshqa 
uyushmalarga Suv ta’minoti va Suv xo’jalik ob’ektlaridan foydalanishdan boshqa xizmat 
ko’rsatishni tashkil qilish va buning uchun banklarda xo’jalik xisob raqamii ochiladi. Ushbu 
faoliyat bo’yicha tushgan mablag’lardan davlat byudjetiga tegishli to’lovlarni amalga oshiradi. 
Ichki Suv xo’jaligi ob’ektlarini meliorativ texnika va boshqa vositalarni ta’mirlashga va 
rivojlantirish hamda uyushma yig’ilish qarori bilan boshqa maqsadlarga ishlatadi. 
Amalga oshirilgan ishlar haqida yilida ikki marta uyushma ta’sischilarga umumiy 
yig’ilishda hisobot beradi. 


82 
Manbada suv kamaygan (ko’paygan) taqdirda suv limitlariga o’zgarishtirishlar 
kiritadi. 
Texnika va mexanizmlar yetishmagan holatda shartnoma asosida boshqa 
pudratchilarni jalb qiladi. 
Suvni taqsimlash va uni suvdan foydalanuvchilarga yetkazishni tashkil qilish 
hamda kechayu-kunduz nazorat olib borish uchun sug’orish tarmoqlari bo’yicha joylashgan 
suvdan foydalanuvchilarning vakillarini grafik asosida jalb qilinadi. 
Belgilangan tartibda suvdan maxsus foydalanish ruxsatnomasini oladi. 
SFU qonun xujjatlariga man etilmagan boshqa xuquqlarga hamega. 
3. SFU ta’sischilari va boshqa suvdan foydalanuvchilarning majburiyatlari va huquqlari 
Suvdan va suv xo’jaligi o’ektlaridan foydalanish bo’yicha o’z vaqtida 
shartnomalarni tuzish va o’ziga yuklatilgan majburiyatlarining bajarilishini ta’minlaydi.
Suv xo’jaligi ob’etlariga, va boshqa asosiy vositalarning texnik xolatiga zarar 
yetkazmaslik va ulardan belgilangan tartibda foydalanadi. 
Mavjud suv xo’jaligi ob’etlariga, texnika va uskunalarga yetkazilgan zararni 
o’rnatilgan tartibda qoplaydi. 
Suv o’lchash vositalarini o’z hisobidan qurishni ta’minlaydi, olingan suvdan 
maqsadli foydalanish haqida uyushmaga o’rnatilgan tartibda ma’lumotlar berib boradi. 
SFU talabi asosida suvni taqsimlash uni istemolchilarga yetkazishni tashkil qilish 
hamda kechayu-kunduz nazoratni olib borish uchun o’z vakillarini ajratadi. 
Ajratilgan Suv resurslarini belgilangan limit doirasida suvdan foydalanish rejasi 
asosida o’z vaqtida berilishini talab qiladi. 
Tuzilgan shartnomaga asosan berilgan buyurtma bo’yicha o’z vaqtida tegishli 
xizmatlarini bajarishni talab qiladi. 
SFU ning ta’sischilari va boshqa suvdan foydalanuvchilari qonun xujjatlarida 
belgilangan boshqa xuquqlarga ùam ega. 
4. Uyushma o’z ta’sischilarining boshqa yuridik va jismoniy shaxslar oldidagi 
majburiyatlari bo’yicha javobgar emas.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin