99
Fond samarasining o’sishi mehnat unumdorligi o’sishi sur’atlaridan xodimlar fond
bilan ta’minlanishi o’sishining sur’atlariga nisbatan ustunligi natijasidir. Bunday ustunlik
qancha ko’p bo’lsa, fond samarasi usishining sur’atlari shuncha yuqori bo’ladi.
Ta’mirlash va qurilish suv xo’jaligi tashkilotlarida fondlar aktiv qismidan foydalanishni
taxlil qilishga katta ahamiyat beriladi. Mashina va uskunalardan foydalanish ekstensiv, intensiv
va integral yuklamalar ko’rsatkichlari bilan xarakterlanadi.
Ekstensiv yuklama ko’rsatkichi fondlardan vaqt ichida foydalanishni xarakterlaydi.
Mashinalar yoki uskuna ekstensiv yuklamasining koeffitsiyenti (Ke) quyidagicha aniqlanadi:
Ke Tf / Tr
Bunda: Tf – mashina yoki uskuna haqiqatda ishlagan vaqt,s;
Tr – mashina yoki uskuna ishlashining rejimli (mumkin bo’lgan) vaqti, s.
Intensiv yuklama ko’rsatkichi asosiy fondlar quvvatlari ish bilan ta’minlanganligi
darajasini xarakterlaydi. Intensiv yuklama koeffitsiyenti (Kn) haqiqatdagi quvvat (yoki o’tkaza
olish) ning mashina, uskuna yoki inshoot to’la quvvatiga munosabati bilan aniqlanadi:
Kn Qf / Qm
Bunda: Qf – quvvat bo’yicha fondlarning tabiiy ko’rinishda vaqt birligida haqiqatda ish
bilan ta’minlanishi.
Qm–quvvat bo’yicha fondlarning tabiiy ko’rinishda vaqt birligida ish bilan mumkin
bo’lgan eng ko’p ta’minlanishi.
Fondlardan foydalanishning integral koeffitsiyenti ulardan ekstensiv va intensiv
foydalanish koeffitsiyentlari ko’paytmasiga tengdir.
Kint Ke. Kn Tf. Qf / Tr. Qm.
Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish samaradorligi ko’p omillarga bog’liq
kompleks muammodir. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarish vositalaridan yanada samarali
foydalanish tadbirlari ko’rilgan. Xo’jalik hisobidagi korxonalarda fondlar uchun haq to’lash
joriy qilingan, kapital qurilish va asosiy fondlar olishni pul bilan ta’minlanish tartibi
o’zgartirilgan–byudjet yo’li bilan moliyalash urniga uzoq muddatli kredit berish
qo’llanilmoqda. Bu qurilish, asosiy fondlar olish va ulardan foydalanish uchun korxonalar
ma’suliyatini oshiradi.
Dostları ilə paylaş: