96
amortizatsiya o’rtacha me’yori 4,4% ni, shu jumladan fondlarni ishlatish o’rtacha muddati 38
yil bo’lganda 1,8% ni, ichki xo’jalik fondlari bo’yicha – tegishli ravishda 4,1%, 1,7% va 42
yilni tashkil etadi.
Suv ta’minoti tizimlari melioratsiya tizimlaridan mashinalar, metal konstruktsiyalari
katta ulushi bilan ajralib turadi, oqibatda o’rtacha amortizatsiya me’yori 5-10% ni tashkil etadi.
Amortizatsiya asosiy fondlar qiymatidan har oyda yillik me’yorning 1:12 qismi
miqdorida yozib boriladi. To’la yillik tiklash (revnotsiya) ga amortizatsiya ajratmalari summasi
davlat byudjetiga o’tkaziladi va kapital xarajatlarni pul bilan ta’minlash manbalaridan biri
hisoblanadi. Xo’jalik hisobiga o’tkazilgan korxonalarda bu ajratmalarning 40% gachasi
korxonaning o’z ixtiyerida qoldiriladi va asosiy fondlarni tiklash hamda kengaytirish uchun
foydalaniladi. Kapital ta’mirlashga ajratmalar to’la ravishda korxona ihtiyerida qoldiriladi va
ulardan maqsadli ishlarda foydalaniladi. Suv xo’jaligi korxonalarining to’la xo’jalik hisobi, o’z
xarajatini o’zi qoplashga va o’zini–o’zi pul bilan ta’minlashga o’tishi hamda suvdan pulli
foydalanish joriy etilishi munosabati bilan barcha amortizatsiya ajratmalari kengaytirilgan
takror ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun korxona ixtiyerida qoldiriladi.
Ichki xo’jalik sug’orish shaxobchasining yillik ekspluattsion chiqimlarida amortizatsiya
ajratmalari 50% dan ko’prog’ini tashkil etadi. Bu butun xo’jalikdagidan ancha ko’pdir. Har
yilgi xarajatlardagi amortizatsiya ajratmalarining katta ulushi ularni asosiy fondlardan
foydalanishni yaxshilash hisobiga mahsulot birligi hisobida kamaytirish zarurligini ko’rsatadi.
Dostları ilə paylaş: